Xorazm viloyati Urganç şahridagi 1-oilaviy mehribonlik uyining voyaga yetmagan uç nafar tarbiyalanuvçisi oylar davomida jinsiy aloqaga majburlab kelingani va jinoyatçilarga ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlangani jamoatçilikni junbişga keltirdi.
1 aprel kuni Oliy Majlisning Bolalar huquqlari böyiça vakili ham munosabat bildirdi.
Voyaga yetmaganlar bilan boğliq mazkur ayançli holatga Bolalar ombudsmani nega keç munosabat bildirdi? Vaziyatni örganişga nega endi kirişildi?
Kun.uz muxbirining şu va boşqa savollariga Oliy Majlisning Bolalar huquqlari böyiça vakili Aliya Yunusova javob berdi.

“Bu holat böyiça rostdan ham biz keç xabar topdik. 31 mart kuni soat 23:20 da «Effekt Makarenko» telegram kanalida xabarni öqidim. Şu zahoti masalaga doir materiallarni qayerdan oliş mumkinligi haqida söradim. «Nemolchi.uz» kanalida ma’lumotlar borligini aytişdi. Sud yopiq tarzda ötgani uçun umuman xabarimiz yöq edi. Bizga heç kim xabar bergani yöq. Ijtimoiy tarmoqlarda Senat majlisida aytilgan degan gaplar bor, men öşa majlisda yöq edim.
Yana bir masala. Bolalar ombudsman instituti 3 yildan beri faoliyat yurityapti. Bizda faqatgina 3 ta xodim işlaydi. Bolalar ombudsmani, yetakçi mutaxassis va sektor rahbari. Viloyatlarda xodimlarimiz yöq hozir, ya’ni strukturamiz yöq.
Hozirda bolalar huquqlari ombudsmani böyiça qonun loyihasi tayyorlangan. Hozirça kutyapmiz, muhokamadan ötgaç, Qonunçilik palatasiga kiritiladi. Qonun böyiça bizning ştatlar kengaytiriladi va viloyatlarda ham işlaş imkoniyati böladi. Çunki bolalar ombudsmanining viloyatlarda ham vakillari bölişi şart. Agar mintaqaviy vakillar işlasa, biz bemalol şunday holatlarni zudlik bilan örganişga harakat qilamiz”, – deydi Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili Aliya Yunusova.
Aliya Yunusova mazkur holat böyiça Bolalar Ombudsmani sifatida işni nazoratga olganini va oxirigaça batafsil örganişini ma’lum qildi.
















