26 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi va Xalq demokratik partiyasining quyi palatadagi qöşma yiğilişida Alişer Inoqovning «Özbekiston Respublikasida keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga körsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmat ahvoli va kelgusidagi rejalar töğrisida»gi hisoboti tinglandi.

Hisobotda aytilişiça, jahonda nogironligi bölgan şaxslarning soni qariyb bir milliardga yetgan.

«Özbekistonda esa bu körsatkiç 700 mingdan ortdi va u sezilarli tarzda ösiş tendensiyasiga ega», – deya Inoqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Özbekistonda soğliğini yoki mehnat qobiliyatini yöqotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uç guruhi belgilangan. Agentlik direktori öz hisobotida nogironligi bor şaxslarning guruhlar kesimidagi statistikasiga töxtalmadi.

Qayd etilişiça, Özbekistonda pensionerlar soni 3,2 million nafardan ziyodni taşkil etmoqda.

Alişer Inoqov jahon aholisi örtaça yoşi tobora oşib borayotganiga oid statistik raqamlarni keltirib ötdi.

«Prognoz ma’lumotlariga köra, 2025 yilga kelib, 60 yoş va undan yuqori bölgan insonlarning soni 1 mlrd. 100 mln. nafarga yetadi.

Rivojlangan davlatlar (AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va b.) aholisining tarkibida 60 yoş va undan yuqori bölgan insonlarning uluşi 25-30 foizni taşkil qilib, bu körsatkiç sezilarli tarzda ösiş tendensiyasiga ega.

Özbekiston Respublikasida bu körsatkiç oxirgi 10 yil davomida deyarli 2 martaga ösdi va respublika aholisining tarkibida 60 yoş va undan yuqori bölgan insonlarning uluşi 10 foizga yetdi», – dedi SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori Alişer Inoqov.