2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 11:00larda Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Tinçlik” ovulida 28 yoşli G.B. va uning qaynonasi 56 yoşli G.Ş. qöşnisi 36 yoşli X.D. bilan özaro bir-birlarini haqorat qilib janjallaşgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, janjal vaqtida X.D.ning eri 39 yoşli I.S. xotinining yonini oliş maqsadida, qöşnisi G.B.ning boş qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati yetkazgan, natijada G.B. şifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

















