2020 yilning 26 fevral kuni taxminan soat 02:00larda muqaddam qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyati uçun sudlangan 20 yoşli Ş.M. Oltinköl tumani Çamanzor köçasida joylaşgan çoyxonada öziga notaniş bölgan 38 yoşli B.K. bilan özaro janjallaşgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, u yonidagi xöjalik piçoği bilan B.K.ning kökrak qismiga tan jarohati yetkazgan. Natijada B.K. olgan tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinköl tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “b” bandi (öta xavfli retsidivist tomonidan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Dastlabki tergov jarayonida xöjalik piçoği aşyoviy dalil tariqasida tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan. B.K. jinoyat işida gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilingan va protsessual tartibda uşlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.