Ozarboyjondagi o‘quv muassasalari mamlakatda koronavirus tarqalayotganligi sababli 9 martga qadar dezinfeksiya uchun yopiladi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi huzuridagi virusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab ma'lum qildi.
"Ozarboyjon vazirlar mahkamasi huzuridagi virusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtab mamlakatdagi barcha o‘quv muassasalarida o‘qish, o‘quv-tarbiya jarayoni va ular bilan bog‘liq barcha tadbirlarni 9 martga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deyiladi shtab bayonotida.
Ozarboyjonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq uchta holat qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi umumta'lim muassasalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi choralar kuchaytirilishi haqida ma'lum qilgandi.












