Prezident “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Foto: Jihoz-vent.uzFoto: Jihoz-vent.uz
“Navoiy KMK” DKda davlat organlari vakillari, xalqaro va mustaqil konsultantlar, auditorlar va baholovçilar iştirokida:
a) quyidagilar:
Hisob va hisobot böyiça xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablariga muvofiq korporativ ma'lumotlarni oşkor qiliş tizimini joriy etiş;
Global hisobot taşabbusiga (GRI) muvofiq, şu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar böyiça hisobotlarni çop etiş;
Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari töğrisida hisobot yuritişning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq zaxiralarni qayta baholaş böyiça işlar boşlangan;
b) “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlari röyxatini tasdiqlagan holda korxonaning mol-mulkini xatlovdan ötkaziş yakunlangan.
“Navoiy KMK” DK, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boşqariş agentligining quyidagi takliflari ma'qullandi:
a) “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanişini tabiiy uran va nodir metallarni qazib oliş va qayta işlaş korxonasi - “Navoiyuran” davlat korxonasiga özgartiriş;
b) bir oy muddatda “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:
qimmatbaho metallarni qazib oluvçi va işlab çiqaruvçi, aksiyadorlik jamiyati körinişidagi “Navoiy KMK” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) işlab çiqariş korxonasini;
“NKMK jamğarmasi” davlat muassasasini ta'sis etiş.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Navoiy KMK” DKning:
emulsiyaviy-portlovçi moddalar işlab çiqaruvçi mulkiy kompleksni “NKMK” AJ tasarrufiga berilişini inobatga olgan holda, “NKMK” AJ tarkibiga beriladigan;
“NKMK jamğarmasi” DMga beriladigan obektlar, şu jumladan agrouçastkalar va yordamçi obektlar, mehmonxonalar, hammom va tozalaş xöjaligi obektlari, işlab çiqariş sexlari, omborxona inşootlari, şuningdek, boşqa tijorat obektlari va qimmatbaho qoğozlar (asosiy faoliyat turi bilan boğliq bölmagan obektlar) va ijtimoiy infratuzilma, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam oliş va soğlomlaştiriş, umumiy ovqatlaniş, uy-joy kommunal xöjaligi obektlari hamda bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari, xizmat turar joylari va yotoqxonalari (ijtimoiy infratuzilma obektlari) röyxatini tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
“Navoiy KMK” DK öz kuzatuv kengaşi va Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda “Navoiy KMK” AJ aksiyalari qiymatini tölaşda badal sifatida qöyilişi lozim bölgan “Navoiy KMK” DK mol-mulki va mulk huquqlarini Özbekiston Respublikasi mol-mulkni baholaş milliy standartlariga muvofiq baholaşni yakunlaydi.
Belgilanişiça:
a) Agentlik “NKMK jamğarmasi” DM va “Navoiyuran” DKning ta'sisçisi hisoblanadi;
b) “NKMK” AJ ustav kapitali ta'sisçi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boşqaruvidan mulk va mulkiy huquqlarning qismini, şuningdek, asosiy faoliyat turiga tegişliligi va işlab çiqariş jarayonlarini inobatga olgan holda, “Navoiy KMK” DK tomonidan “NKMK” AJ foydasiga beriladigan qimmatbaho metallarni qazib oliş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni oliş hamda uşbu mulk va mulkiy huquqlarni “NKMK” AJ aksiyalari qiymatini tölaş hisobiga berilişi evaziga şakllantiriladi. Bunda “Navoiy KMK” DK mulki va mulkiy huquqlarini “NKMK” AJ ustav kapitaliga beriş 2019 yil 1 mart holatiga ötkazilgan yakuniy xatlov dalolatnomasi va 2019 yil 30 iyun holatiga baholaş natijalari böyiça xulosalar asosida amalga oşiriladi;
v) Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ ustav kapitalidagi davlat uluşining aksiyadori (ta'sisçisi) funksiyasini bajaradi;
g) “NKMK jamğarmasi” DM mulki ta'sisçi tomonidan “Navoiy KMK” DK operativ boşqaruvidan uning mulki qismini asosiy faoliyat turiga tegişliligi va işlab çiqariş jarayonlarini inobatga olgan holda oliş va keyinçalik uşbu mulkni “NKMK jamğarmasi” DMga operativ boşqaruvga beriş orqali şakllantiriladi;
d) “NKMK” AJ va “NKMK jamğarmasi” DM amaldagi şartnomalar böyiça asosiy faoliyat turiga tegişliligi va işlab çiqariş jarayonlarini inobatga olgan hamda uçinçi tomon bilan kelişilgan holda “Navoiy KMK” DKning huquq va majburiyatlari böyiça huquqiy voris hisoblanadi, bunda barça kredit şartnomalari (kreditorlar bilan kelişilgan holda) “NKMK” AJga ötkaziladi, “Navoiyuran” DK esa asosiy faoliyat turiga tegişliligi va işlab çiqariş jarayonlarini inobatga olgan holda qolgan şartnomalar böyiça “Navoiy KMK” DK huquq va majburiyatlarini amalga oşirişni davom ettiradi;
ye) “Navoiy KMK” DK xodimlarining “NKMK” AJ va “NKMK jamğarmasi” DMga ötkazilişi Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 98-moddasiga muvofiq amalga oşiriladi. Bunda:
“NKMK” AJ va “NKMK jamğarmasi” DMga ötgan işçi xodimlar bilan yangi mehnat şartnomasi tuziş talab qilinmaydi, amaldagi mehnat şartnomasiga zarur özgartirişlar esa iş beruvçi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi;
ötkazilgan işçi xodimlarga mehnatga haq tölaşning amaldagi şartlari, şu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qöşimça haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi;
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamğarmasi” DM işçi xodimlari va ularning oila a'zolari uçun ilgari “Navoiy KMK” DK işçi xodimlari uçun örnatilgan ijtimoiy infratuzilma obektlaridan, jumladan tibbiy-sanitar xizmatlar, madaniyat va sport, dam oliş va soğlomlaştiriş obektlari, bolalar soğlomlaştiriş oromgohlari hamda xizmat turar joylari, yotoqxonalar va boşqa obektlardan imtiyozli foydalaniş huquqi tölaligiça saqlab qolinadi;
beş yil davomida “NKMK jamğarmasi” DM ixtiyoriga berilayotgan “Navoiy KMK” DK işçi xodimlari sonini qisqartiriş va ijtimoiy infratuzilma obektlarining faoliyat turini özgartirişga yöl qöyilmaydi;
“Navoiy KMK” DKdan pensiyaga çiqqan şaxslar hamda “NKMK” AJ, “NKMK jamğarmasi” DM va “Navoiyuran” DKda faoliyat yuritayotgan barça xodimlar uçun qonun hujjatlari va jamoa şartnomasida közda tutilgan imtiyozlar, şuningdek, tovon, kompensatsiya va nafaqalarning barça turlari (mehnatda mayib bölganlik, kasb kasalliklari, soğliqqa şikast yetganlik, bola parvarişi va boşqalar uçun) saqlab qolinadi;
j) “NKMK jamğarmasi” DMga berilayotgan asosiy faoliyat turi bilan boğliq bölmagan obektlardan taşqari ijtimoiy infratuzilma obektlarini beş yil davomida xususiylaştirişga yöl qöyilmaydi.
“Navoiy KMK” DK işçi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qiliş böyiça komissiya taşkil etildi.
Quyidagilar ustidan nazorat qiliş Komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilandi:
“Navoiy KMK” DK qayta taşkil etilişi davrida “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “NKMK jamğarmasi” DM xodimlarining mehnat huquqlari, imtiyozlari va kafolatlariga rioya etilişi;
mehnat şartnomalari şartlariga rioya etilişini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xodimlarni ijtimoiy himoya qiliş tadbirlarini ta'minlaş çoralari körilişi;
“NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamğarmasi” DM mehnat şartlariga köra iş örinlarining attestatsiya kartalari öz kuçida qolişi qismida qonun talablari bajarilişini ta'minlaş.
Komissiya bir oy muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamğarmasi” DM xodimlari mehnatiga haq tölaşning amaldagi şartlari, şu jumladan belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qöşimça tölovlar va ustamalar, moddiy yordam, şuningdek, rayon koeffitsiyentlari va boşqa ijtimoiy imtiyozlar saqlanişini ta'minlaş böyiça aniq çora-tadbirlar yuzasidan takliflar işlab çiqadi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda “NKMK” AJ, “Navoiyuran” DK va “NKMK jamğarmasi” DM faoliyatini taşkil qiliş böyiça hukumat qarori loyihasi işlab çiqilişini va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilişini ta'minlaydi;
Agentlik hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 avgustga qadar samarali boşqaruv tizimini joriy etiş, moliyaviy-iqtisodiy körsatkiçlarni yaxşilaş va 2025 yilgaça bölgan muddatga investitsiya dasturini tasdiqlaşni nazarda tutgan holda “Navoiyuran” DK faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2020 yil 15 martdan boşlab şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:
“NKMK” AJning ma'dan zaxiralari va zaxiralar holati töğrisidagi hisobotlari, texnik hisobotlari, konlarning kamayişi (istiqbolli maydonlar) töğrisidagi hisobotlari, kon işlari böyiça loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari töğrisida hisobot yuritişning Avstraliya kodeksiga (JORC Code) muvofiq tayyorlanadi hamda ular e'lon qilinişi şart;
Özbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi tomonidan litsenziyalar berişda Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ma'dan zaxiralari töğrisida hisobot yuritişning Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlari böyiça “NKMK” AJ hisobotlari hamda Özbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansida hisobini olib boriş uçun belgilangan tartibda tayyorlangan zaxiralar böyiça ma'lumotlar qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2026 yilgaça qimmatbaho metallar işlab çiqarişni köpaytiriş dasturida nazarda tutilgan “Navoiy KMK” DK investitsiya loyihalarining amalga oşirilişini jadallaştiriş böyiça takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Xalqaro moliya institutlari va banklarning qarz mablağlari, jumladan kreditlar, obligatsiyalar, yevroobligatsiyalar, lizing hamda qonunçilikda ruxsat etilgan qarzni moliyalaştirişning boşqa turlarini jalb etiş “NKMK” AJning investitsiya loyihalarini amalga oşirişni moliyalaştirişning qöşimça manbalari etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “NKMK” AJ bilan birga 2020 yil 1 mayga kadar:
“NKMK” AJ moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobot yuritişning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlaş va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil taşqi audit ötkaziş işlarini yakunlaş;
“Navoiy KMK” AJda savdolarning rentabellik darajasi, aktivlar, aktiv va majburiyatlar aylanmasi hamda xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga muvofiq aniqlanadigan boşqa körsatkiçlarni oşkor etiş amaliyotini tatbiq etiş işlarini yakunlaş;
2020 yil 1 noyabrga qadar kamida 300 million AQŞ dollari miqdorida korporativ yevroobligatsiyalar çiqariş böyiça aniq çoralar körgan holda “NKMK” AJning moliyaviy boşqaruvi tizimini yanada isloh qilişni nazarda tutuvçi “Yöl xaritasi” loyihasini Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
ikki oy muddatda “NKMK” AJda, şu jumladan kuzatuv kengaşiga ikki nafar mustaqil azoni tayinlaş, kuzatuv kengaşi qoşida qömitalar taşkil etiş, axloq kodeksi, manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi nizom va korporativ boşqaruv sohasidagi boşqa içki hujjatlarni işlab çiqiş va tasdiqlaşni közda tutgan holda korporativ boşqaruvning eng samarali amaliyotlari tatbiq etilişini;
uç oy muddatda Özbekiston Respublikasining daromadlarini köpaytirişni va iqtisodiy samaradorlikni inobatga olgan holda, qazib çiqariş böyiça iqtisodiy samarador reja, qimmatbaho metallarni qayta işlaşning zamonaviy texnologiyalarini joriy etiş, operatsion va kapital xarajatlarni kamaytiriş çoralarini öz içiga oluvçi “NKMK” AJ işlab çiqariş dasturi va moliyaviy rejasini işlab çiqiş va tasdiqlaşni ta'minlaydi.
Şunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq:
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar aktivlarini töldiriş maqsadida “NKMK” AJdan affinlangan qimmatbaho metallarni oldi-sotdi şartnomasi asosida xarid qilişda ustuvor huquqqa ega böladi;
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki affinlangan qimmatbaho metallarni xarid qilişni rad etgan taqdirda, “NKMK” AJ Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi bilan kelişgan holda affinlangan qimmatbaho metallarni London qimmatbaho metallar bozori assotsiatsiyasi savdolarida yuzaga kelgan narxlarda uçinçi şaxslarga sotiş huquqiga ega.
Yangi taşkil etilayotgan yuridik şaxslarning uzluksiz işlaşini ta'minlaş maqsadida:
Davlat geologiya qömitasi ikki hafta muddatda töğridan-töğri muzokaralar asosida, oçiq savdolar ötkazmasdan va tölovlar olmasdan, “Navoiy KMK” DK buyurtmanomalariga va muvofiq röyxat böyiça foydali qazilmalarni qazib oliş va geologik örganiş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqiga oid litsenziyalar berilişini ta'minlaydi;
Davlat geologiya qömitasi “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DK buyurtmanomalari asosida ön kun muddatda “Navoiy KMK” DKga tegişli bölgan foydali qazilmalarni qazib oliş uçun yer qa'ri uçastkalaridan foydalaniş huquqini beruvçi litsenziyalarni mos ravişda “NKMK” AJ va “Navoiyuran” DKga beriş va qayta rasmiylaştiriş tartib-taomillari bajarilişini ta'minlaydi;
“NKMK” AJga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, faqatgina kredit va qarz mablağlarini köçiriş hamda ularni söndiriş uçun Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida hisob raqamlari oçişga va ulardan foydalanişga ruxsat etildi;
2021 yil 1 yanvarga qadar, istisno tariqasida, “NKMK” AJga Davlat geologiya qömitasi, şu jumladan Davlat geologiya qömitasi tizimidagi aksiyadorlik jamiyatlari etib qayta taşkil qilinayotgan davlat korxonalari bilan geologiya-qidiruv işlarini bajariş böyiça şartnomalarni texnik şartlar/spetsifikatsiyalar, iş hajmlari va tuzilgan şartnomalarni majburiy ekspertizadan ötkazmasdan, raqobatlaşuv asosida xarid qiliş tartib-taomillarisiz töğridan-töğri şartnomalar orqali tuzişga ruxsat etildi.
Davlat geologiya qömitasi:
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “NKMK” AJ bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar körsatilgan obektlarni bosqiçma-bosqiç geologik örganişni nazarda tutuvçi uzoq istiqbolga möljallangan geologiya-qidiruv işlari dasturini tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
“NKMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar yangi oçilayotgan Geologiya fanlari universiteti qoşida geoinnovatsion ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etilişini ta'minlaydi.