Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, voqea 2020 yilning 9 yanvar kuni soat 19:10larda sodir bölgan.

Şu kuni D.M. öz boşqaruvida bölgan «Mercedes Benz» rusumli TR27-AFe13 davlat raqam belgili yuk avtomaşinasida M37 «Samarqand – Aşxobod – Turkmanboşi» xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yölining Jondor tumani «Qozikenti» MFY hududidan ötuvçi 303 kilometriga yetganida şu tumanning «Xumin» mahallasida yaşovçi, 32 yoşli X.G. uning boşqaruvidagi avtomaşina old oynasiga toş otgan. Şundan söng, D.M. avtomaşinasini yölning öng tomon çetiga olib, töxtaşga majbur bölgan.

Şunda X.G hamda u bilan bir mahallada yaşovçi, birga spirtli içimlik iste'mol qilgan mast holatdagi 32 yoşli B.A. va 31 yoşli R.J. jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan avtomaşina haydovçisi D.M.ga hujum qilib, bezorilik jinoyati sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» va «d» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.