Uzbekistan Airways «koronavirus O‘zbekiston aviatsiyasigacha yetib keldi» degan xabarga izoh berdi
Bu nafaqat bizda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan holat. Lekin shunga qaramay rahbariyat ishdan bo‘shatish, majburiy ta'tillarga chiqarishni rejalashtirmagan, aksincha bunday qilmaslik uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
“Hozircha hech kim rasman kasallikka chalingani yo‘q, lekin aviatsiyamiz iqtisodiyoti bu kasallikni his qilmoqda, – deb boshlanadi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar. - Aviakompaniya o‘z xodimlarini haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga jo‘natishni rejalashtirmoqda. Majburiy ta'tilga deyarli barcha xizmat vakillari jo‘natiladi. Bunday vaziyat qancha davom etishi hozircha ma'lum emas” .
Xabarning qanchalik asosli ekanligi bilan qiziqib, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati bilan bog‘landik:
– Bu xabar texniklarimizning ichki guruhida tarqalgan, ammo haqiqatga zid. Qizig‘i, boshqa yo‘nalishlardan farqli ravishda aynan shu bo‘lim katta ish hajmiga ega. Sababi, texnik xizmatlarimiz eng kamida aprel oyiga qadar buyurtmalarga ega va tinimsiz ishlashyapti.
Endi bevosita Uzbekistan Airways’ning faoliyatiga kelsak, chindan ham ko‘plab reyslar bekor qilinayotganidan xabaringiz bor. Bu nafaqat bizda, balki butun dunyoda kuzatilayotgan holat. Lekin shunga qaramay rahbariyat ishdan bo‘shatish, majburiy ta'tillarga chiqarishni rejalashtirmagan, aksincha bunday qilmaslik uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
“Navro‘z” bayrami arafasida ichki reyslarga 50 foizgacha chegirmalar e'lon qildik. Xalqaro reyslar bo‘yicha ham bunday rejalarimiz bor edi, ammo koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli keyinga surildi.
Eng muhimi, butun dunyo aviakompaniyalari bugungi kunda murakkab vaziyatda. Uzbekistan Airways vaziyatdan kamroq talafot bilan chiqish yo‘llarini izlamoqda. Xususan xaridlar qayta ko‘rib chiqilyapti, optimizatsiya usullari qo‘llanyapti.
Albatta, vaziyat kun sayin o‘zgarib bormoqda va buni hisobga olmaslikning iloji yo‘q. Agar sharoit taqozosi bilan qo‘shimcha-chora-tadbirlar ko‘rishga majbur bo‘lsak, bu haqda rasman xabar beramiz, dedi milliy aviakompaniya matbuot kotibi Habibullo Nabiyev.
Mavzuga oid
20:50 / 28.04.2021
Styuardessalarga o‘zbek tilida chiroyli gapirish talabi qo‘yiladi - Ilhom Mahkamov
14:14 / 20.04.2021
Uzbekistan Airways 9ta davlatga reyslarni yopadi. Ular «norentabel» deb topilgan
11:21 / 29.03.2021
«Uzbekistan airways» yuklar uchun alohida haq olmoqda. Kompaniya buni yangi tizimga o‘tish deya izohladi
18:27 / 19.03.2021