Bola huquqlari böyiça vakil Aliya Yunusova respublikada bolalarni asosan qaysi holatlardan köproq aziyat çekayotganliklari haqida gapirdi.

«Mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilarini uy-joy bilan ta'minlaş bizning eng oğriqli muammolarimizdan biri hisoblanadi va u qator tizimli masalalarni keltirib çiqaryapti.

Yana bir muammo: nogironligi bor bolalarni ta'limga töliq qamrab oliş. Amalda juda kam şunday toifadagi bolalar maktabda tengdoşlari qatori ta'lim olişyapti.

Qonunçiligimizda, xususan, Oila kodeksida, Uy-joy kodeksida, «Bola huquqlari kafolatlari töğrisida»gi Qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga imtiyozlar beriş böyiça aniq normalar belgilangan. Qonunçilikda özgartirişlar ham qilgandik. Ammo ularning ijrosida sustkaşlik qilinmoqda. Endilikda bizda vazifalar ijrosini nazorat qiliş vakolati paydo böldi. Ijroçilardan talab qiliş imkoniyatimiz bor.

Afsuski, bizning sa'y-harakatlarimizning özi yetarli emas. Ota-onalar özi bolasini asraşi, unga inson sifatida munosabat bildirişi kerak. 8 mart kuni Samarqandda kanalda 3 yoşli bola jasadi topilganida, marhumning ota-onasi FVVni aybladi. Nima sababdan siz, ota-ona, özingiz farzandingizga köz-quloq bölmaysiz. Bu holat bolalarga nisbatan ota-onalarning öta e'tiborsizligini körsatadi va şu sababli köp hollarda ota-onalar bola huquqlari poymol bölişida asosiy aybdor hisoblanişadi.

Fikrimça, yiğilib qolgan masalalarni hal qilişda jamoatçilik kengaşi tuzişimiz kerak. Ekspertlardan iborat işçi guruh tuzib, vakillik davlat idoralari bilan hamkorlik örnatişimiz zarur. 2020–2021 yillarga möljallangan Bola huquqlarini himoya qiliş Milliy strategiyasini işlab çiqişimiz lozim, deb öylayman», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.