Ombudsmanning bola huquqlari böyiça vakili Aliya Yunusova yoş qizlarni sovuqda tadbirga jalb qilgan şaxslarga çora körişni sörab Qaşqadaryo viloyati hokimiga murojaat qilgan. Bu haqda Ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahimova Kun.uz’ga xabar berdi.

Aliya Yunusova, bolalarning maktabdan taşqari vaqtlarda tadbirga jalb etilişi, sovuq havoda yupun kiyimlarda çiqarilişi açinarli ekani va uşbu holatning sodir bölişida hududdagi har bir mutasaddining aybi borligini ta’kidlagan.

Şuningdek, bola huquqlarini himoya qilişda barça davlat organlari bir xil mas’ul hisoblanişini ma’lum qilgan.

Şundan kelib çiqib, Bolalar ombudsmani Qaşqadaryo viloyati hokimiga Şahrisabz şahar hokimligi tomonidan taşkil etilgan tadbirdagi holatlarni tezkorlik bilan qonuniy örganib, aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çora körilişini öz nazoratiga olişini söragan.

Ma’lumot uçun, 2022 yil 30 noyabr kuni keçki payt Yoşlar işlari agentligining Şahrisabz şahar bölimi va sektor rahbarlari “Yoşlar daftar”ida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va tölovlar uçun sertifikatlar topşiriş uçun 1-maktab hovlisida tadbir taşkil etişgan. Garçi tadbir maktabga va ta’limga aloqasi bölmasa ham unga yupun kiyingan yoş öquvçi qizlar jalb qilingan.

Tadbirdan söng şahar hokimligining Telegram-kanaliga qöyilgan fotosuratlarda şahar hokimi Akrom Sulaymonov boşçiligidagi mutasaddilar tunda özlari issiq kiyim kiyib olgan holda, ularning oldida turgan kamida 6 nafar qiz yupun kiyingani aks etgan. Keyinçalik suratlar kanaldan öçirib taşlangan.

Holat OAV orqali ommaga oşkor bölgaç, yupun kiyingan yoş öquvçi qizlarning Şahrisabz şahar hokimligi tomonidan ötkazilgan tadbirga jalb qilingani ijtimoiiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi.

Şundan söng, Şahrisabz şahar hokimligi qizlarni tadbirga jalb qiliş taklifi tögarak rahbari va ota-onalardan çiqqan deb aybni öz gardanidan soqit qilişga urindi. Hokimiyatning bu işi ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bölmoqda.