Yunusovaga köra Samarqandda sodir bölgan voqea jamoatçilikka ma’lum bölgan holatlardan biri xolos. U jamiyatda befarqlik kayfiyati sababli bolalarga nisbatan qilinayotgan zöravonlik holatlariga qöl siltab kelinişi, “menga nima” qabilida iş köradiganlar ham yöq emasligini ta’kidlagan.

“Samarqand viloyatidagi şifoxonada sodir bölgan holatni olsak, palatada ona-boladan taşqari kamida ikki nafar şaxs bor edi. Ularning şovqinini kasalxona xodimlari va şifokorlar eşitişmadimi? Nega darhol bolani ona qölidan tortib olib, tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlariga murojaat qilinmadi?” deya ta’kidlaydi Bola huquqlari böyiça vakil.

Uning qayd etişiça, “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi qonunning 10-11-moddalariga muvofiq davlat bolani zöravonlikning barça şakllaridan, şu jumladan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zöravonlikdan, qiynoqlarga solişdan yoki şafqatsiz, qöpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvçi boşqa şakldagi muomaladan himoya qilinişini amalga oşiradi. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş uning ota-onasi, ota-onasining örnini bosuvçi şaxslar, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oşiriladi.

Aliya Yunusova bola ota-ona va ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan qilinadigan suiiste’molçilikdan himoyalaniş huquqiga ega ekanini eslatgan.

“Bolaning hayoti yoki soğliğiga xavf tuğilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bölgan şaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilişlari kerak. Şunday ma’lumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça zarur çoralar körişi şart.

Amaldagi qonunçilikda şunça normalar bölişiga qaramay bolalar baribir aziyat çekişyapti. Ota-onalarning zöravonlikka yöl qöyişi, farzandiga nisbatan qöpol va şafqatsiz muomala qilişlari – keçirib bölmas xato. Har bir kişi qonunlar bilan belgilangan mas’uliyatini va majburiyatini zimmasiga olişga va uni bajarişga majbur.

Aks holda davlat bolalarini zöravonlik va kuç bilan “tarbiyalaydigan” ota-onalardan farzandini olib qöyiş mexanizmini işlab çiqişga majbur böladi. Bolalar ozor çekmasligi uçun Bola huquqlari böyiça vakil uşbu taklifni ilgari suradi va buni töğri deb hisoblaydi”, deydi u.