Jamoat birlaşmasi mahkumlarning huquqlarini himoyalaş, ularni reabilitatsiya qiliş bilan şuğullanadi.
Jamoat birlaşmasi raisi A'zam Farmonov Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali muloqotda tez orada taşkilot faoliyati yuzasidan batafsil ma'lumot berilişini bildirdi.
«Özbekiston inson huquqlari «Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasi röyxatdan ötgunga qadar qanday jarayonlar bölgani, taşkilot a'zolari boşidan keçirgan voqealar, kelgusidagi faoliyatimiz haqida tez orada batafsil ma'lumot berişni rejalaştirganmiz.
Sizga qisqa qilib şuni aytişim mumkinki, taşkilotimizning yuzdan ziyod a'zosi bor. Şundan 11 nafari ta'sisçi sifatida jamoat birlaşmasi faoliyatiga mas'ul hisoblanadi.
Faoliyatimizning eng asosiy yönalişlaridan biri – qamoqxonalarda nohaq jabr körgan, zulmni boşidan ötkazgan mahkumlarning reablitatsiyasi bilan boğliq jarayonlarni kötaramiz va imkon qadar hukumat, davlat taşkilotlari bilan muloqotni yölga qöyiş tarafdorimiz.
Çunki biz qançalik tanqid qilmaylik, qançalik baqir-çaqir qilmaylik, agar hukumat bizni eşitişni xohlamas ekan, haakatlarimizdan foyda bölmaydi.
Şu sababli hamma sohada – qonunçilik, sud-huquq yönalişida muloqotni yölga qöyişni istaymiz.
Taşkilotimiz töpolonlar, ayyuhannos solişlardan yiroq, har qanday harakatini Özbekistondagi mavjud qonunlar doirasida amalga oşirişga, muammolarga rasmiy bayonot va munosabatlar orqali yeçim topişga harakat qilamiz», deydi u.
«Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasi 2003 yildan keyingi davrda faoliyatiga davlat tomonidan ruxsat berilgan ilk mustaqil inson huquqlari taşkiloti hisoblanadi.
«Taşkilotimiz 9 mart kuni röyxatdan ötkazilgan ekan. «Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasi röyxatdan ötkazilgani haqidagi guvohnomani 11 mart kuni qölimizga oldik.
Özbekistonda 2003 yilda Özbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati röyxatga olingan, şundan keyin mustaqil ravişda inson huquqlarini himoya qiliş faoliyati bilan şuğullanadigan birorta jamoat taşkiloti röyxatga olinmagan.
«Huquqiy tayanç» jamoat birlaşmasi 17 yillik tanaffusdan söng röyxatga olingan ilk inson huquqlarini himoya qiliş taşkiloti böldi.

















