15 mart kuni Özbekistonda koronavirus aniqlanişi ortidan Vazirlar Mahkamasida bölib ötgan yiğilişda bemor haqida qöşimça ma'lumot berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ayol 11 mart kuni «Parij-Toşkent» reysi orqali uçib kelgan. Aeroportda ötkazilgan birlamçi tekşiruvda bemorda kasallikning heç qanday alomati aniqlanmagan.
Keyinçalik, dastlabki simptomlar paydo bölgaç, bemorning özi 14 mart oqşomida Virusologiya instituti laboratoriyasiga murojaat qilib, qon tahlillari topşirgan. Şundan söng zudlik bilan karantinga olingan. Bemorning yoşi oşkor qilinmadi.
Ayni paytda reys yölovçilari, bemorning oila a'zolari, hamkasblari, u bilan kontaktda bölganlar – 150ga yaqin kişi izolyatsiyaga olingan. Ular bilan aloqada bölganlarni ham aniqlaş işlari davom etyapti.
11 mart tongida Fransiyadan uçib kelgan samolyotda 45 nafar yölovçi bölgan, ularning yarmi – çet el fuqarolari. Xorijliklar tranzit tufayli Özbekistonda bölib, söng mamlakatni tark etgan.
Özida koronavirus alomatlarini sezgan fuqarolardan şifoxonaga bormaslik, 103 raqamiga qönğiroq qilgan holda tez tibbiy yordam çaqiriş söralmoqda.


















