Joriy yilning 15 mart kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri huzurida koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş masalasiga bağişlab ötkazilgan yiğilişda, 2020 yilning 16 mart kunidan boşlab davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida şaxslar va yölovçi taşuvçi transport vositalari harakatini vaqtinça töxtatiş böyiça qaror qabul qilindi.

Davlat bojxona qömitasining ma'lum qilişiça, taşqi iqtisodiy faoliyat bilan şuğullanuvçi ayrim fuqarolar tomonidan eksport-import tartibida transport vositalarida taşilayotgan yuklar ham çegaradan ötkazilmas ekan-da, degan ortiqça xavotirlar bildirilmoqda.

“Şuni alohida ta'kidlaş joizki, mazkur çeklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yöl, daryo transportlarida yuk taşiş bilan şuğullanuvçi şaxslar, ularning transport vositalari va taşilayotgan taşqi savdo yuklariga taaluqli emas”, deyiladi DBQning Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotida.

Çegara ötkaziş hududlarida mazkur taşuvlarni amalga oşirayotgan şaxslar va ularning transport vositalari tegişli tartibda tekşiruvlardan ötkazilib, respublika orqali harakatlanişiga ruxsat beriladi.

Ta'kidlanişiça, mazkur masalalarga oid har qanday murojaatlar böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasining tunu-kun faoliyat körsatuvçi 11-08 raqamli işonç telefoniga qönğiroq qiliş mumkin.

Avvalroq, Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov viloyatlar şifoxonalari koronavirus kasalligiga qarşi kuraşişga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.