Kun davomida mamlakatdagi bozorlar, yirik dökonlar xaridorlar bilan gavjum böldi. Kun.uz muxbiri Samarqanddagi narx-navo bilan qiziqdi.
Şaharning asosiy bozori hisoblangan Siyob dehqon bozorida keç tuşganiga qaramay, odam köp edi. Xaridorlar asosan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilişayotgani kuzatildi. Ular kartoşka, piyoz, un, moy, xamirturuş, tuxum, hojatxona qoğozi, nam soçiqçalar va isiriq ğamlaşmoqda.
Narxlar özgargani yöq. Kartoşka holatiga qarab 2500-3500 sömdan, piyoz 1500 sömdan, tuxum 700 sömdan sotilmoqda.
Samarqand viloyat bozorlar uyuşmasi raisi Tohir Mamadaliyevning aytişiça, şahardagi barça bozorlar doimgidek işlayveradi va bozorlar yopilişi haqidagi gaplar asossiz. Siyob dehqon bozorida esa duşanba doimgidek sanitariya kuni böladi.

Samarqand şahridagi eng gavjum dökonlar tizimi «Optovik» rahbari bilan xaridorlar bugun odatdagidan köpligi, lekin zaxira mahsulotlari yetarli ekanini aytdi.
«M Baraka» nomidagi supermarketda ham odamlar köp, lekin rastalar ham töla. Dökon işçilari rastalarga mahsulotlarni tez-tez yetkizib turişibdi.

Samarqanddagi deyarli barça dökonlarda un, tuxum, moy va xamirturuş köp sotilyapti. Xaridor ayollardan biri karantin vaqtida aynan şu tört mahsulot asqatişi, bu mahsulotlar orqali doim yegulik tayyorlaş mumkinligi haqida gapirdi.


















