Tib ilmida yuksak muvaffaqiyatga erishgan Abu Ali ibn Sinoning ming yillar oldin aytilgan ana shu fikrlari juda dolzarb. Chunki bugun O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etildi. Hukumat virus tarqalishining oldini olishga doir tegishli chora-tadbirlar ko‘rishni boshladi. Ammo shuni aytish kerakki, hozirda virusdan ham ko‘ra eng katta xavf bu vahimaga berilish bo‘lib qolmoqda.

Ana shunday vaziyatda bolgariyalik vrach Veselin Yolovning koronavirus tufayli ommaviy vahimaga tushishni to‘xtatishga yordam beradigan ma'lumotlarini eslab o‘tish o‘rinli. Doktor o‘quvchilariga Facebook`dagi sahifasi orqali murojaat qilib, kasallikni xotirjam qarshi olish va vahima qilmaslik sabablarini sanab o‘tgan.

Ular quyidagicha:

  • 100 ming nafardan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 77 ming nafari Xitoydan. Demak, agar siz xitoylik bo‘lmasangiz yoki yaqin orada u yerga bormagan bo‘lsangiz, u holda tashvishlanishingizning 94 foizini olib tashlang.
  • Agar, rostdan ham koronavirusga chalingan bo‘lsangiz, bu hali vahima qilishga sabab bo‘la olmaydi, chunki:
  • 81 foiz holatda kasallik yengil shaklda kechadi, 14 foiz holatda ozgina og‘ir kechadi. Faqat 5 foizlik holatlarda ahvol keskinlashadi.
  • Bu, hatto agar siz koronavirusga chalingan bo‘lsangiz ham, tuzalib ketish ehtimoli yuqori, deganidir.
  • Atipik pnevmoniyadan o‘lim holati 10 foizni tashkil etgan, COVID-19 koronavirusidan vafot etganlar nisbati esa 3,4 foizni tashkil qilmoqda.
  • Bundan tashqari, agar o‘lim ko‘rsatkichlarini yoshga qarab solishtiradigan bo‘lsak, yoshi 50 dan past bo‘lgan kishilarda o‘lim holati atigi 0,2 foiz. Bu degani, agar siz hali 50 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz va Xitoyda yashamasangiz, lotereya yutish ehtimoli yuqoriroq.

Masalan, eng yomon kun bo‘lgan 10 fevralni olib ko‘raylik, deydi bolgariyalik vrach. O‘sha kuni Xitoyda 108 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Shu kuni: