Bugun, 15 mart kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida koronavirus tarqalişining oldini oliş böyiça körilayotgan çoralarga bağişlagan matbuot anjumani ötkazildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida Özbekistonda quyidagi çoralar belgilandi:

Ommaviy tadbirlar

Barça ommaviy tadbirlar, şu jumladan, Navröz bayrami doirasidagi umumxalq sayllari bekor qilindi. Futbol böyiça Özbekiston çempionati töxtatildi.

Hukumat mamlakatdagi barça diniy idoralarga diniy marosimlarni ötkazişni vaqtinça çeklaş böyiça murojaat bilan çiqqan - juma namozlari töxtatilişi mumkin.

Şuningdek, mamlakatdagi barça kinoteatrlar faoliyati vaqtinça töxtatib turiladi, konsertlar qoldiriladi.

Transport

16 mart kunidan e'tiboran jahonning barça mamlakatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari töxtatiladi. Şu bilan birgalikda, temir yöl orqali yölovçi taşişga uç kun davomida ruxsat beriladi. Bu qaror ayni vaqtda Rossiya va boşqa davlatlarda bölib turgan Özbekiston poyezdlarining qaytib kelişi bilan boğliq.

Öz navbatida xorijdagi Özbekiston fuqarolariga vatanga qaytiş uçun davlat çegarasidan ötiş taqiqlanmaydi, Özbekistondagi xorijliklar uçun ham öz vatanlariga qaytişlariga ruxsat beriladi.

Özbekiston xorijda qolib ketgan fuqarolarini charter reyslar orqali evakuatsiya qilişi mumkin.

Soğliqni saqlaş sohasi

Xorijdan olib kelinadigan fuqarolar Toşkent viloyatidagi sanatoriylarda karantinga joylaştiriladi.