Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda yana ikki kişida virus aniqlangani haqida xabar qildi.
«Ma'lumki, şu yilning 15 mart kuni Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bölib qaytgan bir nafar Özbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik. Tahlil natijalari bemorning öğli va qizida koronavirus infeksiyasi borligini körsatgan edi. Ayni paytda uşbu fuqaroning turmuş örtoği va nabirasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.
Bemorlar bilan muloqotda bölganlarning röyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat örnatildi. Hozirda şifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davolaş va epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Endilikda Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 6 nafarga yetdi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus yuqtirgan ilk bemor 15 mart kuni aniqlandi, u 11 mart kuni Fransiyadan kelgan özbekistonlik ayol böldi. Kun oxiriga borib uning öğli va qiziga ham virus yuqqani tasdiqlandi. Şuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toşkent yönalişidagi 274- reys bilan Toşkentga kelgan yana bir Özbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
- Sönggi ma'lumotlarga köra, dunyoning 130dan ortiq mamlakatida jami 170 mingga yaqin kişida koronavirus aniqlangan, ularning 78 mingga yaqini soğayib ketgan, qurbonlar soni 6518 nafar.


















