Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova sözga çiqib, himoya vositalari haqida gapirdi.
«Koronavirusdan himoyalaniş uçun niqob taqişga majbursiz. Uni 10 yoki 20 kun taqmaysiz. Mana, özimizda marlya (doka) bor. Şundan tikib oliş mumkin. Uni har uç soatda almaştiriş, sovunli suvda yuvib, dazmollaş kerak.
Agar bitta niqob bilan kun böyi yursak, infeksiyani niqobga yiğib olamiz.
Niqob tanqisligi bölyapti? Marlya olasiz va tikasiz, bu qiyin narsa emas. Fuqaro koronavirusdan himoyalaniş uçun oddiy doka niqobdan foydalanişi mumkin. Lekin bemorlar bilan muomala qiladigan şifokorlar töliq yopiladigan, respirator şaklidagi niqob taqişi şart», – dedi Maqsuda Vorisova.
Özbekiston tibbiy niqoblar işlab çiqarişni kuniga 2 million donaga yetkazişga tayyor


















