Mamlakatda sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarşi kuraşiş qoidalari buzilişining oldini oliş maqsadida 2020 yil 16 mart kuni Boş prokuraturada boş prokuror örinbosari rahbarligida ştab, viloyat va unga tenglaştirilgan prokuraturalarda viloyat prokurorlari rahbarligida hududiy ştablar, tuman-şahar prokuraturalarida tuman prokurorlari rahbarligida hududiy işçi guruhlar tuzildi.

Boş prokuratura xabariga köra, ştablar va işçi guruhlar faoliyatiga soğliqni saqlaş, sanitariya-epidemiologik osoyiştalik, sanitariya-epidemiologiya nazorati, soliq, içki işlar organlari vakillari jalb etildi.

Ştablar va hududiy işçi guruhlarga sanitariyaga oid qonun hujjatlari va epidemiyaga qarşi kuraşiş qoidalariga rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş, aholi orasida asossiz vahima va xavotirlar kelib çiqişiga yöl qöymaslik hamda oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari va tibbiy buyumlar narx-navosi barqarorligini ta'minlaş, qonun buzilişiga yöl qöygan şaxslarni tegişli javobgarlikka tortiş böyiça vazifalar yuklatilib, ijrosi taşkil etildi, deyiladi ma'lumotda. 

Bundan oldin, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 13 kişiga yetgani xabar qilingandi.