Hukumat qarori bilan Alişer Xöjayev Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, şu munosabat bilan u MTRK raisi vazifasini bajaruvçi lavozimidan ozod etildi.

Şuningdek, Madamin Safarov MTRK raisi örinbosari etib tayinlandi. Hozirga qadar uşbu lavozimda Sardor Mirzakarimov faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib ötamiz, Alişer Xöjayev 2005 yil aprelidan 2017 yil boşiga qadar ÖzMTRK rahbari bölgan, 2017 yil boşida işdan ketgan va uning örniga Xurşid Mirzohidov tayinlangandi. Mirzohidov bu lavozimda yarim yil, 2017 yil avgustiga qadar faoliyat yuritdi. Söng Bobur Alixonov bir oyga yaqin vaqt davomida televideniyega rahbarlik qildi, biroq 2017 yil avgust oyi oxirida u lavozimdan olindi. Öşa yil avgustning sönggi kunlari Alişer Xöjayev MTRK raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Alişer Xöjayev 1963 yili Toşkent viloyatida tavallud topgan, 1985 yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

U 1985—1993 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekşiriş institutlari, işlab çiqariş birlaşmalarida faoliyat olib borgan, 1993—1996 yillarda NKK firmasida tizim muhandisi bölib işlagan.

Alişer Xöjayev 1996 yildan rahbarlik lavozimlarida faoliyat yurita boşlagan. 1996 yildan 1998 yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998—2001 yillarda esa UzPAK kompaniyasida boş direktor lavozimida mehnat qilgan.

2001—2002 yillarda Özbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari, 2002—2005 yillarda Özbekiston Aloqa va axborotlaştiriş agentligining (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi) rahbari örinbosari sifatida faoliyat körsatgan. Şundan keyin, 2005 yil 15 aprelidan Özbekiston Teleradiokompaniyasiga rahbarlik qilişni boşlagandi.