Xabaringiz bor, Kun.uz tahririyati fuqaro R.Kamalovning ğayriqonuniy ravişda tortib olingan kvartirasiga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi egalik qilib kelayotgani, fuqaroning murojaatlari esa asossiz ravişda rad etib kelinayotgani haqida suriştiruv olib bormoqda.
Avvalgi maqolamizda tahririyat tomonidan mazkur masalaga öz pozitsiyalarini bildirişni sörab, Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi hamda Inson huquqlari böyiça Milliy markazga sörovlar yuborilgani aytilgan edi.
Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Batir Matmuratovning taşabbusi bilan uşbu masala Toşkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan muhokama qilindi.
Iş hujjatlari bilan tanişib çiqqan kafedra katta öqituvçisi, yuridik fanlar böyiça falsafa doktori Qambariddin Mehmonov öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdi.
«Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasiga köra, Davlat organi yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bölmagan hujjat qabul qilinişi, şuningdek ular mansabdor şaxslarining ğayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik şaxsga yetkazilgan zararning örni davlat tomonidan yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi tomonidan qoplanişi lozim.
Uşbu kodeksning 985-moddasi birinçi qismiga köra, ğayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning şaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar zararni yetkazgan şaxs tomonidan töliq hajmda qoplanişi lozim.
Özbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdor huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunining 7-moddasiga köra, mulkdorning davlat organlari bilan özaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi. Unga muvofiq, qonun hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oşiriş bilan boğliq holda yuzaga keladigan barça bartaraf etib bölmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi.
Modomiki, tergov va sud organlarining noqonuniy qarorlari (harakatlari) natijasida fuqaro R.Kamalovga zarar yetkazilgan ekan, bu yetkazilgan zarar töliq xajmda qoplanişi şart.

















