«Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka şubha qilingan şaxslarni öz vaqtida aniqlaş va respublika böylab kasallikni tarqalişini oldini oliş maqsadida, şuningdek majlisda körilgan boşqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yiğilişining qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 21 martdan e'tiboran barça hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud köngiloçar obektlar, şu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, çoyxona, oşxona (uyga eltib beriş xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) markazlari va kompyuter öyinlari xizmatini körsatuvçi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan boğliq epidemiologik holat barqarorlaşgunga qadar töxtatiladi.

Şuningdek, 23 martdan boşlab «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida»gi Qonunga muvofiq mamlakat fuqarolarini soğliğini himoya qiliş maqsadida töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosim singari ommaviy tadbirlar ötkazilişi bekor qilinadi. Uşbu marosimlarni zarur bölgan taqdirdagina ixçam holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kişi iştirokida ötkaziş tavsiya etiladi», deyiladi ma'lumotda.

Majlisda ayni paytda çet ellarda bölib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar içida olib keliş va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlaş yuzasidan körilayotgan çoralar atrofliça muhokama qilindi.

«Komissiyaning bunday qarorga kelişidan közlagan birdan-bir maqsadi şuki, xalqimizning salomatligini saqlaş, ular orasida yangi turdagi COVID-19 virusining tarqalişi oldini olişdir. Işonamanki, bunday paytda har qanday orzu-havasdan şu aziz Vatanga bölgan mehrimiz, bir-birimizga bölgan samimiy muhabbatimiz ustun keladi. Sinovli kunlarda yanada hamjihat bölsak, barça qiyinçiliklarni yengib ötamiz.

Sizlardan şunday paytlarda özingizni va yaqinlaringiz soğligiga befarq bölmay, bir-biringizni qöllab-quvvatlaşingizni, gigiyena talablariga qat'iy rioya qilişingizni yana bir bor iltimos qilamiz», deya yozadi Boş vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov.