Armanistonda strategik ahamiyatga ega bölmagan barça taşkilot va korxonalarning faoliyati 31 martga qadar töxtatiladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri örinbosari, favqulodda holat vaqtida respublika komendanti bölib turgan Tigran Avinyanning buyruğida ma'lum qilindi.
Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari, dori-darmonlar, yonilği-moylaş mahsulotlari, mudofaa mahsulotlari, energetika işlab çiqariş va sotiş kabi 56ta faoliyat yönalişiga işlaşga ruxsat berilmoqda.
Şuningdek, yer, havo va quvur transporti, moliya, suğurta, televizion, telekommunikatsiya taşkilotlari faoliyati ham davom etadi.
Armanistonda koronavirusga qarşi kuraşiş uçun 16 martdan 14 aprelgaça favqulodda holat e'lon qilingan. Sönggi ma'lumotlarga köra, mamlakatda 235 kişi uşbu kasallikka çalingan.


















