Tartibga köra, birinçi bosqiçda Toşkent şahrida, keyinçalik bosqiçma-bosqiç Nukus şahri, viloyat va tuman markazlarida joylaşgan barça yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarketlar va boşqalarda) kiriş-çiqiş joylari tegişli mutaxassislar bilan ta'minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalari bilan jihozlanadi.
Savdo va xizmat körsatiş taşkilotlari Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi va uning hududiy bölinmalari yoki boşqa taşkilotlar bilan şartnomalar tuziş yöli bilan dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlanadi.
Şuningdek, Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda joylaşgan dehqon bozorlaridan taşqari barça bozorlarning faoliyati töxtatiladi.
Bundan avvalroq Toşkent viloyatidagi va Toşkent şahridagi buyum bozorlari yopilişi xabar qilingandi.


















