Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga köra, tölovlarni amalga oşirişda naqd pullardan foydalaniş virus tarqalişiga olib keluvçi kanallardan biri bölişi mumkin. Virus qoğoz şaklidagi taşuvçilarda 3-4 kun yaşaşi ma'lum qilingan.
Şundan kelib çiqqan holda, Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalaridagi va tijorat banklaridagi naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanaş kassalari hududiy sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlari tomonidan vaqti-vaqti bilan (haftada 1-2 marotaba) dezinfeksiya qilinmoqda.
MB xabariga köra, bunga qöşimça ravişda, barça bank muassasalariga:
bank kassalariga kelib tuşgan naqd pullarni kamida bir hafta muddatda pul omborxonalarida alohida (xonada yoki stellajlarda) saqlaş;
uşbu naqd pullarni mijozlarga çiqim qilişda pul boğlamining nakladkasida qayd etilgan sanaga e'tibor qaratiş tavsiya etildi.
Naqd pullar karantinda saqlanayotgan davrda qöşimça naqd pullarga ehtiyoj yuzaga kelgan taqdirda, Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalari tomonidan yetkazib beriladi.
Biroq, bankdan çiqqan naqd pullarning muayyan davr mobaynida aholi va tadbirkorlar qölida muomalada yurişi, ayrim hollarda bitta banknotning qöldan-qölga ötişi oqibatida banklarga kelib tuşişi uzoq muddatga çözilib ketişi ehtimoli yuqori.
Hozirda ayrim savdo nuqtalarida tovarlarni onlayn xarid qiliş, tölovlarni naqd pulsiz şaklda amalga oşiriş, mobil ilovalar orqali kommunal va ayrim bir martalik tölovlarni tölaş imkoniyatlari yaratilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, karantin davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga:
tölovlarni naqd şaklda amalga oşiriş va qabul qilişdan çeklaniş;
naqd pulsiz (şu qatorda kontaksiz tölov kartalari orqali) hisob-kitoblardan keng foydalaniş va foydalanilgan bank kartasini tibbiyot spirti yoki boşqa antiseptik vositalar bilan artib, dezinfeksiya qilib turiş;
şuningdek, tölovlarni amalga oşirişda imkon qadar banklarning masofaviy xizmatlaridan, jumladan internet-banking, mobil ilovalari hamda tölov taşkilotlarining dasturlaridan keng foydalaniş tavsiya etildi.


















