«Birinçi navbatda aholimiz va tadbirkorlik sub'yektlari uçun masofaviy bank xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça barça çoralar körilmoqda. Ayniqsa uşbu xizmatlar barça banklar tomonidan abonent tölovisiz amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, hozirda xöjalik yurituvçi sub'yektlar, ya'ni soliq tölovçilar tomonidan Soliq qömitasi sayti şaxsiy kabinetidan turib, soliqlarni onlayn tölaş imkoniyati yaratilgan. Uni uzluksiz amalga oşiriş böyiça Markaziy bank va Soliq qömitasi mutaxassislari tomonidan zaruriy işlar olib borilmoqda», dedi Uluğbek Mahmudov UzReport telekanali orqali efirga uzatilgan brifingda.
Uluğbek Mahmudovning ta'kidlaşiça, respublika böyiça tezkor tölov tizimlaridan foydalanişning ommabopligini oşiriş çoralari amalga oşirilmoqda. Biznes sub'yektlariga 24/7 rejimida tölovlarni amalga oşiriş imkoniyati yaratiladi.
«Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyasiga köra, tölovlarni amalga oşirişda naqd pullardan foydalaniş virus tarqalişiga olib keluvçi kanallardan biri bölişi mumkin. Şundan kelib çiqqan holda, Markaziy banknnig hududiy boş boşqarmalaridagi va tijorat banklardagi naqd pullar sanaladigan pul omborlari va qayta sanaş kassalaridagi sanitariya-epidemiologik taşkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan haftada 1-2 marta dezinfeksiya qilinyapti. Biroq bankdan çiqqan pullarning muayyan vaqt davomida fuqarolar qölida muomalada yurişi, banknotalarning qöldan qölga ötişi oqibatida banklar kelib tuşişi uzoq vaqtga çözilişi ehtimoli yuqori», dedi Uluğbek Mahmudov.
Koronavirus qoğoz pullar muomalasiga qanday ta'sir körsatmoqda?
Şuning uçun karantin vaqtida onlayn xizmatlardan foydalaniş, tölovlarni naqd pulsiz şaklda amalga oşiriş, kommunal tölovlarni mobil ilovalar orqali tölaş imkoniyatlari yaratilgan. Ana şularni inobatga olgan holda fuqarolar va tadbirkorlardan tölovlarni naqd pulsiz va kontaksiz şaklda amalga oşiriş söraldi.


















