“Hantavirus qözğatuvçisi tibbiyot uçun yangilik emas. Uning aniqlanganiga 50 yildan ortgan. Bu kasallik asosan issiq ölkalarda, aniqroği, yoz faslida, örmonlari köp, kemiruvçilari köp bölgan ölkalarda kuzatiladi. U kemiruvçilardan yuqadi. Hantavirusning hozirgi koronavirus bilan heç qanday aloqasi ham yöq. COVID-19’ning kemiruvçilar orqali tarqalganini tasdiqlaydigan bironta hujjat ham mavjud emas”, dedi u AOKA qoşidagi maxsus ştabda ötkazilgan brifingda.
23 mart kuni Xitoyda bir kişi hantavirusdan vafot etgani haqida xabar tarqalib, bu koronavirus pandemiyasi vaqtida katta vahimaga sabab bölgan edi.
Nurmat Otabekov koronavirusdan davolaşda şu virus bilan kasallanib, tuzalgan şaxsning qonidan foydalaniş amaliyotini qöllaş masalasiga töxtalib ötdi.
“Koronavirusdan soğaygan odamning qonini bu virus bilan oğrib turgan bemorga quyiş amaliyoti Xitoyda qöllanilgan. Bunday usul aslida ilk bor arbaviruslar çaqiradigan gemorragik bezgakni davolaşda Özbekistonda qöllanilgan edi.
Kasallanib soğaygan odamning qonini quyganda şu odamning antitanasi bor qonidan foydalaniladi. Bu organizmning kasallikka qarşi immun tizimi şakllanişiga yordam beradi. Ammo bizda hali bu kasallikdan soğayib ketgan bemor yöq. Viruslardan tozalangan, koronavirusga qarşi quvvatga ega bölgan antitanali qon ham yöq. Şu bois, bu kabi amaliyotni keyinçalik — bemorlar tuzala boşlaganda sinab köriş mumkin”, deya ta'kidladi u.


















