«Özbekiston 24» telekanalida xabar qilinişiça, uşbu mablağ Toşkent viloyati Zangiota tumanida koronavirus tufayli Özbekistonga olib kelingan vatandoşlarni karantinga oliş uçun zarur böladigan şifoxonalar jihozlanişi uçun sarflanadi. 

«Taniqli tadbirkor, metsenat Alişer Usmonov ham davlatimiz rahbarining sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlab, «Mehr-şafqat va salomatlik» fondiga öz hisobidan xayriya mablağlari ötkazayotgan saxiy yurtdoşlarimiz qatorida şu kunlarda jadallik bilan bunyod etilayotgan mazkur kasalxona qurilişiga baholiqudrat öz hissasini qöşiş niyatida uşbu şifoxonani eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş uçun 20 million dollar miqdorida mablağni ajratdi.

Bu mablağ Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdim etildi va xalqimiz salomatligini muhofaza qiliş va tiklaş maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan bunyod etilayotgan  mazkur kasalxonani zarur tibbiy uskunalar bilan ta'minlaşga yönaltiriladi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, milliarder Alişer Usmonov ayni vaqtda Özbekistonda bölib turibdi, u koronavirus pandemiyasi vaqtida Toşkentda izolyatsiyada yaşaşga qaror qildi.

Ayni vaqtda Zangiota tumanida 27 gektar maydonda 10 ming bemorni yoki karantinga olinadiganlarni bağriga siğdira oladigan maxsus joylar barpo etilmoqda.