Soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga çalingan bemorlarning yana 13 nafari butunlay soğaygani töğrisida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinişiça, bugun koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlarning 12 nafari Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan, 1 nafari esa Xorazm viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan şifoxonadan soğayib çiqişgan.

Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida soğayganlarni Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmanov va boşqa mas'ullar Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatişdi.

Koronavirus infeksiyasi xastaligidan tuzalgan fuqarolarning 1 nafari joriy yil 13 mart kuni Istanbul – Toşkent yönalişidagi reysda, yana 1 nafari esa şu yil 18 mart kuni Moskva – Toşkent yönalişidagi reys bilan mamlakatiga kelgan. Qolgan 11 nafar kişi esa koronivirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar bilan muloqotda bölişgan.

Endilikda Özbekistonda koronavirus infeksiyasidan jami soğayganlar soni 25 nafarga yetdi.


«Uşbu quvonçli voqea zamirida fidoyi va malakali tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Koronavirus infeksiyasining dunyo böylab şiddat bilan tarqalayotgan bir paytda, yurtimiz şifokorlari sarosimiga tuşmasdan, öz qasamyodlariga sodiq holda pandemiya bilan kuraşişdek katta mas'uliyatni zimmalariga olişdi. Bor bilim va tajribasini işga solgan holda qahramonlarça koronavirus balosiga qarşi kuraşişga kirişdilar va samarali natijalarga ham erişmoqdalar», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.


















