Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov 7 aprel kuni AOKAda ötkazilgan brifingda karantin davrida harbiy texnikalarning jalb qilinişi töğrisidagi savolga javob berdi.

«Harbiy xizmatçilarning xizmat ötaş tartibini belgilovçi tegişli Nizomlarga muvofiq navbatçilik va xizmatga jalb etilgan harbiy xizmatçilar özlariga biriktirilgan şaxsiy himoya vositalari, anjomlari va biriktirilgan qurollari bilan xizmat ötaydilar. 

Şuningdek, harbiy bölinmalarda belgilangan guruh, seksiya, ekipaj va hisob degan tuşunçalar bor. Alohida joylarda va blokpostlarda xizmat ötayotgan kiçik bölinmalar öz tarkibidagi harbiy texnikalar bilan xizmat ötamoqdalar», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mudofaa vazirligi vakili har kuni poytaxt köçalarida, viloyat va tuman markazlarida, aholi yaşaş punktlarida fuqarolar karantin qoidalariga rioya qilişi, besabab köçalarga çiqmasliklari böyiça harbiy texnikalar yordamida tarğibot işlari olib borilmoqda.

«Bu maxsus texnikani BTR bilan adaştirmaslik kerak. Ming afsuski, ayrim fuqarolarimiz bu texnikalarni körib turli xil salbiy muhokamalarga ham yöl qöymoqdalar.

Ma'lumot uçun, tarğibot işlariga jalb qilingan BRDM-2 zirhli texnika bazasidagi ZS-82 ovoz uzatkiçli moslama aynan tarğibot va munozaralar ötkazişga möljallangan. Uning ovoz uzatiş quvvati 6 km masofagaça yetadi. Şahar va aholi yaşaş punktlarida har bir köçaga kirib çiqiş kabi işlarni yengillaştiriş maqsadida uşbu texnikalar jalb qilinmoqda.

Hurmatli va aziz yurtdoşlar, nima bölganida ham harbiy texnikalar va harbiy xizmatçilar bu sinovli davrda ezgu maqsadlar uçun uşbu tadbirlarga jalb qilinmoqdalar. Bir vaqtning özida doimiy burçimiz xisoblangan yurtimiz tinçligi va osoyiştaligini ta'minlaş böyiça vazifamizni bajarmoqdamiz», deydi u.