
Avtomaşinamni ruxsatnomasiz boşqarganligim uçun 4 mln 460 ming söm jarimaga tortilganman? Prezidentimiz qarori bilan jarimani karantindan keyin tölaşga ruxsat etilgani töğrimi?
Prezidentning 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF–5978-son Farmoniga köra, karantinga olingan şaxslarga nisbatan qöllanilgan ma'muriy jarimalarni (karantin qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik bundan mustasno) tölaş muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilişi belgilangan.
Şundan kelib çiqib, siz karantin qoidalarni buzganligingiz uçun Sizga nisbatan qöllanilgan ma'muriy jarimalarni tölaş muddati uzaytirilmaydi.
Bundan taşqari, mazkur norma faqat karantinga olingan şaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Xususiy klinikaning boş vraçiman, lekin bizda xizmat maşinalarimiz yöq, şaxsiy transportda harakatlansa böladimi?
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 martdagi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnoma rasmiylaştirişning vaqtinçalik tartibiga köra, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi taşkilotlarning xizmat va xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnomasiz harakatlanişi belgilangan edi.
Maxsus komissiyaning 2020 yil 8 apreldagi qarori bilan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxatiga özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar soğliqni saqlaş tizimidagi taşkilotlar xizmat va xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalari röyxatdan çiqarilib, davlat soğliqni saqlaş tizimidagi tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar körsatuvçi taşkilotlarning xizmat va xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalari röyxatda qoldirildi.
Mazkur röyxatda xususiy tibbiyot muassasalari xodimlarining şaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanişlariga ruxsat etilmagan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar “özini yakkalaş” hayot tarziga rioya qilişni talab qilişga haqlimi?
“Özini yakkalaş” hayot tarzi “Aholining sanitariya-epidemologik osoyiştaligi töğrisida”gi Qonun va Hukumatning 176-son qaroriga muvofiq joriy etilgani bois, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va aynan içki işlar organlari “Içki işlar organlari töğrisida”gi Qonunga muvofiq, fuqarolardan qonunçilikka rioya qilişlarini, huquqqa xilof harakatlarni töxtatişni talab qiliş, bu talablar bajarilmagan taqdirda ularni majburlaş çoralarini qöllaş huquqiga ega.

















