Hamkasbim Abror Zohidov bir muddat avval profilaktika çoralari, oldingidek köpçilik töplanişining, navbatlarning oldini oliş, keksalarni ovora qilmaslik maqsadida pensiyalarni vaqtinça plastik kartoçkalarga ötkazib turiş kerakligi haqida maqola ham yozib çiqdi.

Bu maqolada esa plastik kartoçkaning texnik taraflariga köproq töxtaldik.

Naqd pulning nimasi zararli?

Bugun 65 yoşdan oşganlardan «özini yakkalaş» hayot tarziga qat'iy amal qiliş söralmoqda. Biroq, pensionerlarga naqd puldagi pensiyalar bank xodimlari tomonidan bevosita kontakt orqali berilmoqda.

Pul özi dunyodagi eng iflos narsa. Naqd pulda nafaqat koronavirus, boşqa kasalliklarni qözğovçi bakteriya va mikroblar ham istagança topiladi. Qolaversa, koronavirus közga körinmas narsa bölsa, pul tarqatayotgan bank xodimi tasodifan virus ilaştirib olib, qariyalarga yuqtirib qöyişi heç gap emas.

Şu sababli, umrini yaşab, salomatligidan putur ketgan keksa otaxon-u onaxonlarimizni turli balolardan asraş uçun plastik kartoçkaga ötiş eng jöyali çora bölib turibdi.

Biroq…

Bu sohada muammolar bor

Qanday muammolar? Birinçidan, qariyalarimizning barçasi ham plastik kartoçkalarni işlatişni bilişmaydi. Ikkinçidan, uzoq tumanlarda barça joylarda ham plastik kartoçka bilan savdo qiluvçi terminallar, naqd pul çiqarib beruvçi bankomatlar yetişmaydi.

Qolaversa, bu borada uzoq tumanlarda yaşovçi har qanday kişini öylantiruvçi yana bir dilemma borki, uni alohida tilga olmasdan iloj yöq.

Xöp, pensiyalar yoppa plastik kartoçkaga ötsin, ham deylik. Qaysi tizimdagi plastik kartoçkalar tarqatiladi?

UzCard’mi yoki Humo?

Bu savolni bejiz qöymayapmiz. Çunki bizga kelayotgan köplab murojaatlardan ayon bölib turibdiki, joylarda kimlarningdir oğzaki buyruq va körsatmalari bilan budjet taşkilotlarining risoladagidek işlatib yurilgan UzCard plastik kartoçkalarini yoppasiga Humöga almaştiriş boşlangan.

Hozir kimdir vaziyatdan foydalanib, pensionerlarga muammo yaratib, barçasini bir deganda Humöga ötkazib, «qölini isitib» qolmasmikan, degan hadik ham bor.