Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Örinboyeva koronavirusga qarşi kuraş ştabida bölib ötgan navbatdagi brifingda kelib tuşgan savollarga javob berdi
Jumladan, işxonasi Toşkent şahrida, uyi Qibray tumanida bölgan fuqaro maşinasiga stiker olganida «Şahar içida» bölimini tanlagani, endi esa postdan ötişda IIB xodimi uning stikeri şahar hududida foydalanişga çiqarilgani uçun keyingi safar postdan ötsa jarima qöllaşini aytgani haqida bayon qilib, bu talab qançalik töğriligi, stikerni almaştiriş imkoniyati haqida söragan.
«Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan, 2020 yil 9 apreldan boşlab avtotransport vositalari harakatlanişiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma beriş töxtatildi. Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlaniş huquqi saqlab qolindi. Maxsus ruxsatnomalar faqat körsatilgan yönalişlar uçun amal qiladi. Stikerda belgilangan hududdan taşqariga çiqilsa, jarima qöllanadi», deydi vazirlik vakili.
Brifingda koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bölgan şaxslarni kamsitgan şaxslarga nisbatan qonunçilikda qanday javobgarlik belgilangani haqidagi savolga javob qaytarildi.
«Konstitutsiyamizga köra, heç kim inson qadr-qimmatini kamsituvçi tazyiqqa duçor etilişi mumkin emas. Har bir fuqaro öz şa'ni va obrösiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan qonun bilan himoyalangan.
Koronovirusdan tuzalgan yoki karantinda bölgan şaxsni haqorat qilganlik, şa'ni va qadr-qimmatiga putr yetkazganlik, kamsitganlik uçun 9 mln sömgaça ma'muriy jarima belgilangan.
Agar, ma'muriy jazo qöllanganidan söng uşbu qilmiş takroran sodir etilsa, şaxs jinoiy javobgarlikka toriladi. Bu masala bugungaça ham bölgan, heç qanaqa yangi qonun qabul qilinmagan», deydi Sevara Örinboyeva.

















