Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasi hamda koronavirusning tarqalişiga qarşi kuraşiş çora-tadbirlarini muvofiqlaştiriş va xavfsizlikni ta'minlaş böyiça maxsus ştabining 2020 yil 14 apreldagi qaroriga muvofiq, respublikadagi epidemiologik holat barqarorlaşgunga qadar 2020 yilning may oyidan pensiya va nafaqalar töliqligiça bank plastik kartalari orqali amalga oşiriladi. Pensiya jamğarmasi uşbu qaror böyiça tuşuntiriş berib, qarorni qabul qilişdan asosiy maqsad – pensioner va nafaqa oluvçilarning soğliğini saqlaş va koronavirus infeksiyasining keng tarqalişini oldini oliş ekanini ma'lum qildi.

Karantin davrida pensiya tölovlari bank plastik kartalari orqali amalga oşiriladi.

Pensioner va nafaqa oluvçilarning salomatligini saqlaş maqsadida, pensiya va nafaqalarni töliqligiça bank plastik kartalari orqali amalga oşiriş tartibi quyidagi muddatlarda yölga qöyiladi:

  • 2020 yilning may oyidan – Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida istiqomat qiluvçi fuqarolar uçun;
  • 2020 yilning iyun oyidan – respublikaning barça hududlaridagi fuqarolar uçun.

Birinçi navbatda, Xalq banki tomonidan pensiya va nafaqalarini naqd pulda oluvçi barça fuqarolar uçun bank plastik kartalari oçiladi.

Bunda fuqarolardan pasport nusxalari va boşqa hujjatlar talab etilmaydi. Pensiya jamğarmasi hamda Xalq banki örtasida elektron ma'lumot almaşinuvi amalga oşiriladi. Plastik kartalar fuqarolarning ovoragarçiligisiz rasmiylaştiriladi, pensiya va nafaqa oluvçilarning bank bölimlariga borişi talab qilinmaydi.

Pensiya jamğarmasi tomonidan fuqarolarning pensiya va nafaqa mablağlari ularning Xalq bankida oçilgan bank plastik kartalariga ötkazib beriladi.

Maxsus komissiya tavsiyasiga köra, qoğoz şaklidagi hujjatlar orqali koronavirus tarqalişining xavfi yuqori ekanligi inobatga olingan holda fuqarolardan ariza talab etilmaydi.