Koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça Respublika maxsus komissiyasining yiğiliş bayoniga köra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvçi avtotransport vositalari hamda qişloq xöjaligi texnikalari, şuningdek, mavsumiy qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beruvçi M1 (bir nafar yölovçi bilan) toifadagi jismoniy şaxslarga tegişli şaxsiy avtotransport vositalari harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.
Agar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni taşiş yoki yöl-patrul xizmati statsionar postlaridan ötişda turli körinişdagi tösqinlik yoki çeklovlarga duç kelsangiz, zudlik bilan, 71. 267-65-30, 71. 268-00-36 telefon raqami orqali Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi huzurida taşkil etilgan tezkor ştabga murojaat qiling.
Şu bilan birga, uşbu masalada Içki işlar vazirligining 1102, Boş prokuraturaning 1007 yoki Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining 1100 qisqa raqamli «işonç telefon»lariga ham murojaat qilişingiz mumkin.


















