Xalq ta'limi sohasida masofadan işlaşga ötgan xodimlar faoliyati yuzasidan tavsiya berildi
|16:41 / 16.04.20207 1158 min
Xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalarida karantin davrida masofadan işlaşga ötgan tizim xodimlari faoliyati yuzasidan tavsiya çiqarildi
Xalq ta'limi vazirligi xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalarida karantin davrida masofadan işlaşga ötgan tizim xodimlarining faoliyati yuzasidan tavsiyalarni e'lon qildi.
Ta'lim muassasalarining fan öqituvçilari karantin davrida öquvçilar bilan masofadan (onlayn tarzda) amalga oşiradigan işlar yuzasidan tavsiyalar:
1. Öqituvçi dars beradigan har bir sinfi böyiça telegram messenjerida sinfi va fanini körsatgan holda (masalan: 8-“A“ sinf fizika) guruh taşkil qiladi.
Taşkil etilgan telegram guruhiga tegişli sinf öquvçilari (ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar)ni kiritadi.
2. Öqituvçi telegram guruhi orqali öquvçilarga televizion darsda ötilgan mavzu yuzasidan qöşimça tuşuntiriş, savollarga javob beriş va televizion darsda berilgan uy vazifalarni bajarişga kömaklaşib boradi.
3. Öqituvçi telegram messenjeri mavjud bölmagan öquvçilar (ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar)ga telefon orqali mavzu yuzasidan qöşimça tuşuntiriş, savollariga javoblar berişi va televizion darsda berilgan uy vazifalarni bajarişga yönaliş berişi hamda ularni baholaşni yölga qöyişi mumkin.
4. Ta'lim muassasalarida karantin davrida masofadan işlaşga ötgan öqituvçilar tegişli telekanallar va Xalq ta'limi vazirligining rasmiy kanallarini kuzatiş orqali kunlik onlayn dars jadvalini aniqlaydi.
Bunda öqituvçi kunlik onlayn dars jadvali töğrisidagi ma'lumotni bir kun oldin öquvçilarga yuboradi va ularga ma'lum qiladi.
5. Öqituvçilar öz fani böyiça televizion darslarni muntazam kuzatib boradi. Şu kundagi televizion darslar tugagaç, zarur holda ötilgan mavzu yuzasidan qöşimça ma'lumotlarni öquvçilarga yuboradi va ularga bu töğrisida ma'lum qiladi.
Öqituvçilar telegram messenjeri orqali uy vazifalarini qabul qiladi. Toşkent şahrida esa kundalik.com orqali qabul qiladi.
Izoh: Toşkent şahrida öquvçilar tomonidan uy vazifalarini kundalik.com tizimi orqali yuborilişi va öqituvçilar tomonidan qabul qilinişida quyidagilarga e'tibor qaratilişi lozim:
Toşkent şahrida öqituvçilar uy vazifalari javoblarini faqat kundalik.com tizimi orqali qabul qiladi.
Mavzuga oid
Öqituvçi öziga biriktirilgan login va paroldan foydalangan holda kundalik.com vebsayti yoki kundalik.com mobil ilovasiga kiradi.
Öqituvçi öziga tegişli bölgan fan va sinflari böyiça öquvçilar tomonidan yuborilgan har kunlik uyga vazifalarni kundalik.com dan yuklab oladi.
Öqituvçi öquvçilar tomonidan tizimga yuklangan uyga vazifalarni tekşiradi, natijasini (bahoni) elektron jurnalga kiritadi. Şu tariqa öquvçilar va ularning ota-onalari uy vazifasi uçun qöyilgan baholarni biliş imkoniyatiga ega böladi.
Öqituvçilar tomonidan öquvçilarning uy vazifalarini topşirilişi yuzasidan kun doirasida qat'iy vaqt belgilanişi maqsadga muvofiq emas.
Öquvçi yoki ota-ona tomonidan kundalik.com tizimiga kiriş uçun login va parol esdan çiqarilganda, uşbu tizimga kirişni qayta tiklaş uçun sinf rahbari öz sinfi doirasida öquvçi yoki ota-onaning login va parolini tiklaş imkoniyatiga ega.
6. Öqituvçilar tomonidan öquvçilarga televizion darsda berilgan uy vazifasidan taşqari boşqa vazifalar berilişi taqiqlanadi.
Şu bilan birga, televideniye orqali namoyiş etilmayotgan fanlardan dars beruvçi öqituvçilar Toşkent şahrida kundalik.com tizimi yordamida boşqa hududlarda esa telegram messenjeri orqali öquvçilarga uy vazifalari beradi, baholab boradi.
7. Öqituvçi ayrim fanlardan öquvçidan uy vazifalarini bajarganligi töğrisidagi ma'lumotni kiçik hajmdagi fotosurat (tasviriy san'at fani) yoki videolavha (jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, rus va çet tillari, adabiyot fanlari) tarzida qabul qilişi mumkin.
8. Öqituvçi öquvçilarning uy vazifalarini bajariş jarayonida tuğilgan savollariga javob berib boradi.
9. Öqituvçi tegişli sinf öquvçilari tomonidan yuborilgan uy vazifalarini tekşiradi va ularni baholab boradi.
10. Öqituvçi uy vazifalarni tekşirişni televizion darslarning efirga uzatiş vaqtini inobatga olgan holda amalga oşiradi.
Bunda kunning birinçi yarmida namoyiş etilgan televizion darslarda berilgan uy vazifalarini kunning ikkinçi yarmida, kunning ikkinçi yarmida namoyiş etilgan televizion darslar uy vazifalarini ertasiga kunning birinçi yarmida tekşiradi.
11. Öqituvçi öquvçilarning uy vazifalarini baholab boriş maqsadida dars beradigan sinflari uçun vaqtinçalik sinf jurnalini (daftarda) yuritadi.
Vaqtinçalik sinf jurnaliga har kuni kamida 5 (beş) nafar öquvçilar bahosi qöyiladi. Har bir öquvçiga çoraklik baho çiqarilişi uçun ular çorak davomida kamida 3-5 tadan baholangan bölişi şart.
Karantin muddati tugagandan söng uşbu vaqtinçalik sinf jurnalidagi öquvçilarning baholari asosiy sinf jurnaliga köçirib qöyiladi.
Vaqtinçalik jurnal öqituvçi tomonidan asosiy jurnal şaklida yoki öziga qulay şaklda yuritiladi.
12. Öqituvçi tomonidan vaqtinçalik sinf jurnaliga ötilgan mavzular, uy vazifalari va öquvçilarning joriy baholari kiritib boriladi (oraliq nazorat baholari va öquvçilar davomati kiritilmaydi).
Toşkent şahrida öquvçilarning olgan baholari kundalik.com elektron tizimiga kiritib boriladi.
13. Bundan taşqari, öqituvçi öz fani böyiça ötilgan videodarslarni mavzusi, unda berilgan asosiy bilimlarning tezisi va uyga berilgan vazifalarni qayd etiş daftarini yuritadi.
Öqituvçi televizion onlayn darslardan foydalanib, öz malakasini oşirib boradi va kelgusida dars işlanmalarining sifatini oşiriş ustida işlaydi.
14. Öqituvçi öz xohişlari va imkoniyatlaridan kelib çiqib:
öquvçilarda mustaqil ta'lim olişini rivojlantiriş maqsadida tegişli faniga doir qiziqarli adabiyotlarni tavsiya qiladi;
öquvçilarda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş maqsadida ularga zararli odatlar, ularning oqibatlari, jismoniy tarbiya, soğlom turmuş tarziga oid videomahsulotlarni körişni tavsiya qiladi.
15. Ta'lim qozoq, tojik, qirğiz, turkman tillarida olib boriladigan ta'lim muassasalari öqituvçilari öz öquvçilariga televizion darslarni telegram messenjeri orqali tuşuntirib boradi.
16. Öqituvçilarga mazkur tavsiyada belgilangan vazifalardan taşqari boşqa vazifalar yuklatiş qat'iyan taqiqlanadi.
Televizion darslar namoyiş etiliş vaqti va jadvali vazirlikning rasmiy veb sayti, ijtimoiy tarmoqlari, Telegram tarmoğidagi kanali orqali berib boriladi.
Ta'lim muassasalari psixologlari karantin davrida öquvçilar bilan masofadan (onlayn tarzda) amalga oşiradigan işlari yuzasidan tavsiyalar:
1. Şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, soğlom turmuş tarzi va töğri ovqatlaniş könikmalarini şakllantiriş maqsadida “Salomatligingiz öz qölingizda” mavzusida öquvçilar bilan onlayn suhbat yoki videomaşğulot ötkazadi.
2. Stress va tuşkunlik holatlarining oldini oliş hamda hayotning gözalligini anglaş, şukronalik tuyğularini kamol toptiriş, ijobiy hayotiy strategiya könikmalarini şakllantiriş yuzasidan “Hayot gözal, men hayotdan zavqlanaman!” mavzusida öquvçilar bilan onlayn suhbatlar taşkil etadi.
3. Emotsional-hissiy zöriqişlar, xavotirlik darajasi yuqori va öziga işonçi past bölgan bolalar uçun korreksion-rivojlantiruvçi onlayn maşğulotlar taşkil etadi.
4. Öquvçilarga kasblar töğrisida, şuningdek, respublikamizda yangidan taşkil etilayotgan kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, akademik litseylar, oliy ta'lim muassasalari va ta'lim yönalişlari böyiça ma'lumotlar berib boradi.
5. Uy vazifalarini tayyorlaşda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etiş böyiça ota-onalarga tavsiyalar beradi.
6. Ota-onalar va bolalarga vaqtni töğri taqsimlaşni örgatiş yuzasidan “bola va taym-menejment” tuşunçasiga urğu bergan holda tavsiyalar beradi.
7. Zararli odatlarga könikiş holatlarining oldini oliş maqsadida ruhiy faol vositalar iste'molining zararli oqibatlari va xavf-xatari yuzasidan öquvçilarga tavsiyalar beradi.
8. Öqituvçilar jamoasi örtasida xavotirlaniş, qörquv va stressni yengişda “Biz birgamiz – birga yengamiz” şiori ostida psixolog körsatmalari va tavsiyalarini berib boradi.