Toşkent viloyati IIBB JQB va Yangiyöl şahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida uşbu qilmiş Yangiyöl şahri Navröz dahasida yaşovçi 44, 39 va 38 yaşar uç nafar erkak tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Ulardan 2 dona sport pnevmatik (tir) miltiği, hujjatlari bilan daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirilib, olingan.
“Ötkazilgan suhbat jarayonida uşbu şaxslar özlariga tegişli bölgan sport pnevmatik (tir) miltiqlarini Toşkent şahridagi “Dinamo” sport dökonidan hujjatlar asosida rasmiylaştirib olgani va karantin davrida yoş bolalari uyda bölganligi sababli xavfsizlik yuzasidan bu qurollarni tanişi Uluğbek ismli şaxsning uyiga olib ketayotganini va heç qanday jonivorlarga qarata öq otişmaganini aytişgan”, deyiladi Toşkent viloyati IIBB xabarida.
Ma'lum qilinişiça, ayni paytda mazkur holat yuzasidan Yangiyöl tumani IIB tomonidan tezkor suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















