Sardor Rahimxon boşçiligida taşkil etilgan «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi ham köplab ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ehsonlar yetib borişida sababçi bölib kelmoqda. 

#YurakAmri xayriya-insonparvarlik loyihasi

Xayriya-insonparvarlik loyihasi davomida 3000ga yaqin oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

«Insoniyat boşiga, ayniqsa xalqimizning boşiga kelgan bu sinov davrida ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamni, bevalar, nogironligi borlarga yordam qiliş maqsadida taşkil etilgan #Yurakamri loyihasi ham qançadan-qança oilalarga yordam qölini çözib, ularni duolarini olişmoqda.

Bu – siz yaxşilarning loyihangiz. Ayniqsa tadbirkorlar, işlab çiqaruvçilar va sportçilardan faolroq bölişingizni sörab qolamiz. Nima mahsulot bölişidan qat'i nazar, ehtimol öşa mahsulot kimningdur oğirini yengil qilar. Xohlasangiz öz közingiz bilan körişingiz yoki mahsulotlarni topşiriş jarayonida qatnaşişingiz mumkin. Bizni faqat bir manfaat – Allohning roziligiga erişiş birlaştiradi», – deydi loyiha taşkilotçisi Sardor Rahimxon «Ajr» telegram kanalidagi çiqişida.

Hozirda #YurakAmri loyihasi vakillari «Özeskposentr»da barça dezinfeksiya qoidalariga amal qilgan holda ehsonlarni öz egalariga yetkazib bermoqda. Loyiha haqida qöşimça ma'lumotlarni telegramdagi «Ajr_islom» kanalidan oliş mumkin.

Quvonlarlisi şuki, xalq boşiga sinov kelganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar, nogironligi bor oilalar, kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oladigan, ularga öz xolis xizmatlarini qilayotgan ana şunday qahramonlarimiz bor.