«Karantin çeklovi bekor qilingandan söng bir oylik harbiy xizmatga çaqiruv davom ettiriladi. Bir oylik xizmatga, ya'ni safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni ötaş uçun pul badalini tölab qöygan fuqarolar 27 yoşga tölgunga qadar safarbarlik çaqiruvi rezervidagi bir oylik xizmat yiğinini ötaşlari mumkin.

Şuning uçun karantin muddati tugagandan söng albatta bir oylik xizmatg yiğiniga jalb qilinasiz, şuning uçun tölov qilgan pul badalingiz qaytirib berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 fevraldagi 99-sonli qaror bilan kiritilgan nizomga muvofiq, bu xizmat turi uçun tölangan pul badallari fuqaro harbiy xizmatga yaroqsiz, deb topilganda va unga tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan 27 yoşgaça I, II yoki III guruh nogironligi berilgan holatda, şuningdek safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmatçisi vafot etganda hamda maxsus hisob raqamga yanglişib yoki ortiqça pul badallari ötkazilgan holatda pul badallari belgilangan tartibda qaytarib berilişi belgilangan», degan vazirlik vakili.

Bahrom Zulfiqorov harbiy xizmatga tibbiy körikdan ötib bölganlarning natijalari karantindan keyin ham öz kuçida qolişi, agar 3 oy muddat ötib ketgan bölsa, qayta körik ötkazilişini ma'lum qildi.

«Tibbiy körik natijalari öz kuçida qoladi. Ammo, amaldagi me'yoriy huquqiy hujjat, ya'ni Mudofaa, Içki işlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019 yil 3 apreldagi qöşma qaror talablariga asosan funksional tekşiruv va laboratoriya natijalari faqat uç oy davomida öz kuçida qolişi mumkin. Agar tibbiy körikdan söng uç oy ötgan bölsa qaytadan tibbiy körikdan ötiladi.

Şuningdek, koronavirusdan tuzalgan fuqarolar ham harbiy xizmat ötaşlari mumkin. Bu böyiça heç qanday çeklovlar yöq. Nafaqat harbiy sohada, balki boşqa sohalarda ham xuddi şunday heç qanday çeklovlar mavjud emas», dedi Zulfiqorov AOKAda ötkazilgan brifingda.