Xususan, dehqon bozorlarida, shu jumladan bozor hududidan tashqarida joylashgan yirik oziq-ovqat do‘konlarida savdo ijtimoiy masofa (2 metr) saqlagan holda “zigzag” tartibi (quvurlar, bantlar va boshqa shu kabi to‘siqlar orqali) tashkil etiladi.

Har bir bozorga kirishda “dezinfeksiya tunneli” va sanitariya postlari, dezinfeksiya guruhlari tashkil etilib, ular bozor hududida karantin choralari talablariga rioya etilishini ta'minlab boradi.

Bundan tashqari, nooziq-ovqat buyumlar (kiyim-kechak, xo‘jalik mollari, ko‘chatlar, urug‘lar) savdosiga sayyor savdo nuqtalari orqali sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilingan holda tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda ijtimoiy masofa (2 metr) saqlanishi hamda boshqa sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi majburiydir.

“Yuqorida bayon etilgan tartiblar bir tomondan koronavirus infeksiyasining keng tarqalishining oldini olishga, boshqa tomondan esa karantin davrida fuqarolarimizning sog‘lig‘i hamda ijtimoiy muhofazasini qat'iy ta'minlashga qaratilganligi bilan e'tiborlidir.

Fuqarolarimizdan ushbu tartiblarga ongli ravishda, vaziyatni to‘g‘ri tushunib, og‘ishmay amal qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi komissiya axborotida.

Yetkazib beruvchilardan maxsus kombinezon kiyish talab etiladi – Maxsus komissiya qarori

Xususiy tibbiyot tashkilotlariga koronavirusni aniqlash uchun test o‘tkazishga ruxsat beriladi