Joriy yilning 13 aprel kuni E.M. boşqaruvida bölgan “VAZ-2102” rusumli avtomaşinani Beşariq tumani Farovon köçasida boşqarib ketayotgan bölgan.

Farğona viloyati IIB axborot xizmati ma'lumotiga köra, u velosipedçi M.B.ni urib yuborgan. Oqibatda, B.M. tan jarohati olib şifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Beşariq tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovçilar! Yöl harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali özingiz va boşqa fuqarolar hayotiga zomin bölişingiz mumkinligini esdan çiqarmang. Yöl harakati qoidalariga amal qiling”, - deyiladi ma'lumotda.