Davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirov Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisi Mamarizo Berdimuratoviç Nurmuratov bilan koronavirus pandemiyasi şaroitida bank tizimining barqaror faoliyat yuritişi, banklar tomonidan iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumşatiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar hamda valuta kursi, inflatsiya körsatkiçlari barqarorligi masalalarida suhbat uyuştirdi.

­­ — Pandemiya şaroitida banklar oldida turgan asosiy, dolzarb vazifalar nimalardan iborat bölyapti. Yaqinda prezidentimiz videoselektor orqali bank vakillari bilan uçraşdi. Özbekiston prezidentining 3 aprel kunidagi «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida tijorat banklariga 3 yilga 2 trillion söm miqdorida likvidlik ajratiş ajratiş haqida aytildi. Uning mexanizmi qanday bölişi haqida batafsil ma'lumot bersangiz.

— Pandemiya e'lon qilinguniga qadar birinçi bor koronavirus alomatlari Xitoyda paydo bölib, boşqa davlatlarga ötiş jarayonida yanvar oyining oxirlarida prezidentimiz tomonidan oldimizga bu baloning global iqtisodiyotga ta'siri, uning Özbekistonga qanday ta'siri bölişini tahlil qilib, öz xulosalarimizni tayyorlaş vazifasi topşirildi. Şu nuqtayi nazardan Markaziy bank barça tijorat banklarimizni stress testdan ötkazdik. Ya'ni koronavirus boşqa davlatlarni ham qamrab oladigan bölsa, global iqtisodiyotga uning ta'siri va öşa ta'sirdan kelib çiqib, Özbekiston iqtisodiyotiga va u orqali bank tizimiga ta'sirini baholadik.

Barça banklarni 3ta mezon asosida stress testdan ötkazdik. Eng avvalo, eksport, import operatsiyalariga pandemiyaning ta'siri. Buni 3 holatda, ya'ni agar eksportimiz 30, 20, 10 foizga pasayadigan bölsa, iqtisodiyotga va şu orqali banklarga ta'sirini baholadik. Bu bilan boğliq bölgan ikkinçi vaziyat – koronavirusning Rossiya iqtisodiyotiga ta'siri orqali aholi katta qismining pul ötkazmalari orqali jönatilayotgan mablağlarida qanday özgariş böladi. Buni ham 3 xil ssenariyda tahlil qilib, butun bank tizimiga ta'sirlarini tahlil qildik. Bundan keyin özimizning içki işlab çiqarişdagi özgarişlar, buning ta'sirida ostida bölişi mumkin: investitsiya dasturlari, qişloq xöjaligi, sanoat işlab çiqarişi, qurilişda va hokazo.

Şulardan kelib çiqqan holda, ularning yakuniy ta'siri bank tizimida öz aksini topadi. Biz şu asnoda banklarimizni stress testdan ötkazib, agar şu vaziyat bölsa, banklar qanday vaziyatga tuşib qolişining 1 oktyabrgaça böladigan narsani tahlil qilib, öz prognozlarimizni belgiladik. Şundan kelib çiqqan holda prezidentimizga bank tizimida kutilayotgan muammolarni, bölişi mumkin bölgan xatarlarni aks ettirgan xulosalarimizni kiritdik.