15 aprel kuni xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi deputati va IIB xodimlari örtasida mojaro yuzaga kelgandi. Içki işlar vazirligi avtomaşinasini majburiy suğurta qilişni unutgani uçun içki işlar xodimlari tomonidan töxtatilgan xalq deputatlari Namangan şahar kengaşi deputati profilaktika inspektorining telefonini sindirgani, uni tinçlantirmoqçi bölgan boşqa xodimning pogoni va xizmat kökrak nişonini yulib olgani haqida ma'lum qilgandi.

16 aprel kuni Namangan şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.

Şu kuni Namangan şahar prokurori Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşiga taqdimnoma kiritib, deputat T.Muxammadiyevni jinoiy javobgarlikka tortiş va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olişga rozilik söragan.

Mazkur taqdimnoma 16 aprel kuni Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşida körib çiqilib, 25-Damboğ saylov okrugidan saylangan deputat T.Muxammadiyevni ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olişga rozilik beriş masalasi rad etilib, uni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berilgan.

Joriy yilning 19 aprel kuni Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşining navbatdan taşqari kengaytirilgan yiğilişida kengaşning 16 apreldagi qarori va şahar prokurorining T.Muxamadaliyevga oid taqdimnomasi körib çiqilgan.

Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşining 19 apreldagi qarori bilan kengaşning 16 apreldagi qarori bekor qilingan.

Şuningdek, şahar prokurorining T.Muxamadaliyevni jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida jalb etiş va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşga rozilik beriş töğrisidagi taqdimnomasi ham rad etilgan.

Bundan taşqari, Kengaş qarori bilan Namangan şahar prokuroriga şahar IIOV FMB-sonli profilaktika katta inspektori I.I. Abduraxmonov, IIB YHXB ispektori X.I. Ziyoviddinov va voqeada iştirok etgan boşqa xodimlarning harakatlariga huquqiy baho beriş va belgilangan tartibda qonuniy çora köriş vazifasi topşirilgan.

Ma'lumot uçun, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida»gi qonuniga köra, tegişli xalq deputatlari Kengaşining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilişi mumkin emas.