Davletov.uz kanali muallifi Qobil Xidirov Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov bilan suhbat uyuştirdi.
— Şu keça kunduzda qilinayotgan işlar haqida savol bermoqçi edim. Yaqinda respublika maxsus komissiyasi qarori bilan may oyidan boşlab pensiyalarni bosqiçma-bosqiç plastik kartoçkaga ötkaziş belgilandi. Juda qisqa muddat olinyapti. Savolim şundayki: uzoq qişloqlarda terminal masalasida katta muammolar bor, odam naqd pulga ehtiyoj sezadi. Şu borada ikki oyoğimiz bir etikka tiqilib qolmaydimi?
— Savolingiz juda örinli. Şu savolni uyğotadigan holat – pensiyani faqat bitta bank orqali tarqatişimiz. Agar hamma banklar orqali pensiya tarqatganimizda bu muammoga örin qolmasdi. Xalq bankidan qariyb 4,5 milliondan ortiq kişi har oyda 2 trln 650 mlrd atrofida pensiya oladi.
Şuning uçun ham bu böyiça işni taşkil qilişni 2 bosqiçga böldik. Bugungi kunda töliq Toşkent şahri, Nukus şahri va viloyat markazlarida [pensiyani kartoçkaga ötkazişga] töliq ötkazamiz. May oyida esa tumanlarni ötkazamiz.
Buguni kunda oçiğini aytişim kerak, 3 smenada işlab, Pensiya jamğarmasi bilan birga plastik kartoçkasi yöq bölgan pensionerlarimizga plastik kartoçkalarini tayyorlayapmiz. Bugungi kunda öz arizalari bilan pensionerlarimizning 19 foizi pensiyalarini kartasiga oladi. Biz qolgan 80 foiz töğrisida gapiryapmiz. Ularni hozir aytganimdek ikki bosqiçda töliq amalga oşirişga ulguramiz. Heç qanday muammo bölmaydi.
Bizda bir tizim bor. Uyda yotib qolgan, harakatlana olmaydigan nafaqaxörlarimiz bor. Keyin birinçi, ikkinçi guruh nogironlari. Oldingi normal şaroitda ham ularga doimo uyga yetkazib beriş tizimi taşkil qilingandi. Biz hozirgi tez işlayotgan şaroitda kim yotoqda, kim harakatlana oladi, ularni ajrata olmaymiz. Şuning uçun şunday tizim işlab çiqdik: hozir ularga ham kartoçka beramiz, lekin pensiya tölaş muddatida bank xodimlari karantin tugaguniça maxsus kiyimlarda borib, öşa kartoçkasidagi pulini naqdlaştirib beradi. Şu bilan biz u muammoni ham hal qilamiz.
Eslatib ötamiz, 14 aprel kuni Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, Özbekistonda karantin davrida pensioner va nafaqaxörlarning salomatligini saqlaş maqsadida, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiyalariga köra respublikadagi epidemiologik holat barqarorlaşgunga qadar may oyidan pensiya va nafaqalarni töliqligiça plastik kartalarga ötkaziş

















