2019 yil 21 iyul kuni Kun.uz saytida «Riştonda auksionda mulk sotib olgan fuqaro çuv tuşdi(mi?)» nomli maqola e'lon qilingandi. Unda tadbirkor Soyibjon Buvojonov «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonçasida elektron onlayn auksion orqali Rişton tumanida joylaşgan «Özagrokimyohimoya» Farğona viloyati hududiy AJga qaraşli ma'muriy bino-inşootlarni 279 million sömga sotib olgani, belgilangan tölovni amalga oşirib, tegişli hujjatlar (kadastr hujjatlari, guvohnoma va yerdan foydalanişga oid qarorlar)ni rasmiylaştirib olgani, lekin binoga kira olmayotgani, fuqarolik işlari böyiça Rişton tumanlararo sudi auksion natijalarini bekor qilib yuborgani bayon etilgandi.
Farğona viloyat prokuraturasining tadbirkor manfaatlarida sudning hal qiluv qarorini bekor qiliş böyiça kiritgan protesti ham fuqarolik işlari böyiça Farğona viloyati sudida qanoatlantirişdan rad etilib, hal qiluv qarori özgarişsiz qoldirilgan edi.
2019 yil 24 iyul kuni «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi» DUK uşbu maqolaga munosabat bildirib, fuqaro auksion savdolari orqali köçmas mulkni haqqoniy, halol yutib olganini, auksion ötkazişda «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonçasi tomonidan biror kamçilikka yöl qöyilmaganini, sud asossiz qaror qabul qilganini ta'kidlagan edi.
Tadbirkorning nazorat tartibida kiritgan şikoyati Oliy sudning fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati tomonidan körib çiqildi.
Sudlov hay'atining joriy yil 10 martdagi ajrimi bilan fuqarolik işlari böyiça Farğona viloyati sudi kassatsiya instansiyasining 2019 yil 31 maydagi ajrimi hamda Rişton tumanlararo sudining 2019 yil 5 fevraldagi hal qiluv qarorining 2018 yil 23 oktyabrdagi AO 1119-000049-sonli elektron-onlayn auksion natijalari töğrisidagi bayonnoma haqiqiy emas deb topiş haqidagi qismi bekor qilindi hamda bekor qilingan qismi böyiça da'vo talabini rad qiliş haqidagi yangi hal qiluv qarori qabul qilindi.
Mazkur ajrim bilan tadbirkorning huquqlari tiklanib, qonuniy tarzda sotib olingan mulkka egaligi rasman tan olindi.
Darvoqe, Oliy sud ajrimi bilan tadbirkorning «jigarini ezgan» «Özagrokimyohimoya» Farğona hududiy AJdan da'vo talablari rad qilingani munosabati bilan davlat foydasiga 5.177.803,85 söm davlat boji undiriladigan böldi.
















