DSQ matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, bundan maqsad korxonalar işini yengillaştiriş va uzluksiz faoliyat yuritişi uçun maqbul şaroitlar yaratiş hisoblanadi.

Ruxsat beruvçi stikerlar yirik soliq tölovçilar toifasiga kiruvçi korxonalar xodimlarining şaxsiy yoki xizmat avtotransport vositalari uçun beriladi.

Ruxsat beruvçi hujjatni oliş uçun faqat onlayn tarzda soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron soliq xizmatlari portalida maxsus anketani töldirib ariza beriş mumkin.

Avtotransportda harakatlaniş uçun kerak böladigan maxsus QR-kodli ruxsatnomani printer orqali çop etiş lozim. U ariza yuborilgan kundan boşlab bir iş kuni içida  şakllantiriladi.

Davlat soliq qömitasi tomonidan har bir soliq tölovçiga alohida stiker kvotalari belgilanadi. Ruxsat beruvçi stiker u olingan kundan boşlab 30 kun mobaynida harakatlaniş huquqini beradi.

Avtotransport vositasidan foydalaniş uçun ruxsat beruvçi stiker olgan xodimlar mehnat daftarçasining nusxasi va iş joyidan berilgan tasdiqlovçi hujjatga ega bölişi kerak. Xodimlarga faqat belgilangan yönaliş böyiça, xizmat maqsadlarida soat 9:00dan soat 18:00gaça transport vositasidan foydalanişga ruxsat beriladi.

Ruxsat beruvçi stiker oliş haqida DSQga ariza yuborilganidan keyin ularga tuzatişlar kiritiş nazarda tutilmagan. Ruxsat beriş uçun heç qanday tölov olinmaydi.