Şu jumladan, Özbekistonda ham koronavirus pandemiyasi va u bilan kuraşiş tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati uçun salbiy oqibatlar keltirmoqda. Xususan, mamlakatimizda sönggi 5 yil içida har yili 1 çorak davomida 100 mingdan köproq yangi tadbirkorlik sub'yektlari taşkil etilib kelingan bölsa, bu yil uşbu körsatkiç 76,2 mingtani taşkil qildi.
2020 yilning 1 çoragida çakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlaniş taşkilotlarining savdo aylanmasi 2019 yilga nisbatan 4,3 foizga kamayişi kuzatildi va köplab tadbirkorlik sub'yektlari koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida faoliyatini vaqtinçalik töxtatişga majbur böldi.
Uşbu holatlar mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta'sir körsatayotganini inobatga olgan holda Özbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş va şu davrda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz işlaşini ta'minlaş maqsadida tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy himoyasini kuçaytiriş va pandemiya oqibatlarini tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini yumşatiş yuzasidan bir qator işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Özbekiston prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli va 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son farmonlariga muvofiq, tadbirkorlarga bir qator imtiyoz va preferensiyalar berildi, şu jumladan, 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini soliq auditidan ötkaziş töxtatildi (jinoyat işlari doirasida va yuridik şaxsni tugatiş munosabati bilan soliq auditidan ötkaziş bundan mustasno).
Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 19 mart kuni koronavirus pandemiyasining aholi turmuş darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida yil yakuniga qadar soliq tekşiruvlariga moratoriy e'lon qilinişi, qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uçun penya hisoblaş töxtatilişi va bunday qiyin şaroitda tadbirkorni birorta tekşiruvçi bezovta qilmasligi lozimligi belgilandi.
Şunga köra hamda koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş davrida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat körsatişining barqarorligini ta'minlaş, mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub'yektlarini şunday qiyin holatlarda davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi biznes-ombudsman nazorat qiluvçi organlarni tadbirkorlar faoliyatida tekşiruvlarni amalga oşirmaslikka çaqiradi.
Biznes-ombudsman matbuot xizmati.

















