Bahor oylari qişloq xöjaligida iş ayni qizigan payt. Ammo bu yil koronavirus infeksiyasi tarqalişi ortidan köpçilik özbek dehqonlari dalasiga erkin borib kelolmayapti. Bu borada tahririyatimiz har kuni yuzlab murojaatlarni qabul qiladi.
14 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev hukumat a'zolari iştirokida qişloq xöjaligini rivojlantirişga oid videoselektor yiğilişini ötkazgan edi. Unda prezident tomonidan Içki işlar vazirligiga qişloq xöjaligi va işlab çiqariş bilan boğliq avtotransport vositalarining erkin harakatlanişini ta'minlaş böyiça topşiriq berildi. Uşbu topşiriqdan keyin ham joylarda ayrim tuşunmovçiliklar bölayotgani qiziq holat. Biz bu tuşunmovçiliklarga sabab izlab Içki işlar vazirligi Yöl harakat xavfsizligi Boş boşqarmasi axborot xizmati mutaxassisi Aziz Murodov bilan boğlandik.
— Aziz aka, maxsus ruxsatnoma qişloq xöjaligi xodimlari orasida kimga va qanday hollarda berilişiga oydinlik kiritsangiz.
— Maxsus komissiyaning 2020 yil 13 apreldagi 18-son bayonining 11 bandiga köra, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etilgan röyxat asosida Adliya vazirligi tomonidan mavsumiy qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiluvçi taşkilotlarga tegişli xizmat va şaxsiy avtotransport vositalarining harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnoma rasmiylaştirilişini istisno tariqasida ta'minlanişi belgilab berilgan.
— Siz qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiluvçi taşkilotlarga tegişli xizmat va şaxsiy avtotransport vositalari deya umumiy aytyapsiz. Tomorqaçi va dehqonlar, ijaraçilar-çi? Aynan ular bizga eng köp murojaat yöllaşmoqda.
— Töğri aytyapsiz, hozir qişloq xöjaligida ayni iş qizigan payt. Maxsus komissiyaning 2020 yil 13 apreldagi 18-son bayonining 12-bandiga köra, qişloq xöjaligi bilan şuğullanayotganlar hududiy hokimiyatlarga murojaat qilişlari kerak böladi. Bunda hokimiyatlar istisno tariqasida qisqa muddatli röyxat şakllantirib, hududlardagi tezkor ştabga yuboradi va tezkor ştab tomonidan «Yaşil yölak» dasturi yaratilgan. Respublikamizning barça hududlaridagi YPX maskanlari, blok va tösiq postlarda xizmat olib borayotgan IIO xodimlarining uyali telefonlarida uşbu «Yaşil yölak» dasturi mavjud bölib xodimlar YPX maskanlari, blok va tösiq postlarga kelgan transport vositalarini dastur orqali tekşirib köradi va dasturda hokimiyatlar tomonidan berilgan röyxatdagi transport vositalari mavjud bölsa maskanlardan tösiqsiz harakatlanişini ta'minlab beriladi.
YPX maskanlari, blok va tösiq postlardan tösiqsiz harakatlanişda muammolar vujudga kelgan taqdirda tezkor ştab tomonidan tuzilgan call sentrning telefon raqamlariga qönğiroq qiliş lozim. Uşbu telefon raqamlari yhxbb.uz rasmiy sayti va YHXBB_UZ telegramm tarmoqlarida joylaştirilgan.
















