29 aprel kunidan Özbekistonda Ai-92 markali benzin narxi yana 500 sömga arzonlaşadi va 5500 söm qilib belgilandi. Bu haqda «Özbekneftgaz» matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Özbekneftgaz» AJ tomonidan iste'molçilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, şuningdek, birja savdolarida benzin sotib oliş xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotiş narxlari bosqiçma-bosqiç kamaytirib boriladi.

AYoQŞlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylaşgan manzillari haqida töliq va aniq ma'lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olişingiz mumkin», deyiladi «Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabarida.

«Özbekneftgaz» matbuot xizmati ga ma'lum qilişiça, kelgusida Ai-80 ham Ai-91 markalaridagi benzin narxlari ham keskin tuşişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Özbekneftgaz» AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvçi dizel yoqilğisi sotuvini yölga qöygan edi. 2020 yilning 1 mart kunidan boşlab, uşbu AYoQŞlardagi dizel yoqilğisining narxi 500 sömga arzonlaştirilgandi.

2020 yilning 26 mart kunidan esa Ai-92 markali benzinning narxi 6200 sömdan 6000 sömga pasaytirilgan edi.